Ravshanov Jamshid Fayzullaevichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Uumumta’lim maktablarida o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (10 sinf “Jahon tarixi” fani misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4163.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Jumanova Fotima Uralovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professori; Mamatkulov Davlatbek Maxamadjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida tarix fanini o‘qitishda o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning didaktik ta’minoti mazmuni tizimli, shaxsiy, tahliliy, kompetensiyaviy yondashuvlar hamda ko‘p funksional topshiriqlar tizimi hamda o‘quv elementlari va didaktik birliklarning semantik tarkibiga ega mantiqiy tuzilmalar kabi pedagogik shart-sharoitlarni metodik jihatdan ta’minlash asosida rivojlantirilgan;
o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning tashkiliy-funksional modeli shaxsga yo‘naltirilgan, modulli-kompetensiyaviy, faoliyatli va individual metodologik yondashuvlarni ta’lim muhiti, kompetentlik sifatlari, fanlararo aloqadorlik kabi pedagogik shart-sharoitlarga pedagogik jarayon bloki vositasida tashkiliy va metodik jihatdan integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktablarida tarix fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi mantiqiy va tizimli fikrlash, ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari vositasida shakllantirish asosida takomillashtirilgan;  
o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllanganlik darajalarini hamda tarixiy tafakkur va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlanganlik darajalarini aniqlashtirish mexanizmiga asoslangan baholash ko‘rsatkichlari o‘quvchilarning tarixiy faktlarni tahlil qilish ko‘nikmasining kvalimetrik mezonlarini tizimli qo‘llash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida tarix fanini o‘qitish asosida o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
tizimli, shaxsiy, tahliliy, kompetensiyaviy yondashuvlar hamda ko‘p funksional topshiriqlar tizimi hamda o‘quv elementlari va didaktik birliklarning semantik tarkibiga ega mantiqiy tuzilmalar kabi pedagogik shart-sharoitlarni metodik jihatdan ta’minlash asosida rivojlantirilgan o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning didaktik ta’minoti mazmuniga oid g‘oyalar,  shaxsga yo‘naltirilgan, modulli-kompetensiyaviy, faoliyatli va individual metodologik yondashuvlarni ta’lim muhiti, kompetentlik sifatlari, fanlararo aloqadorlik kabi pedagogik shart-sharoitlarga pedagogik jarayon bloki vositasida tashkiliy va metodik jihatdan integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirishning tashkiliy-funksional modeliga oid taklif va tavsiyalardan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tomonidan bajarilgan “AIF 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘quvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2021yy.) mavzusidagi xalqaro tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 21 dekabrdagi 02/01-87-2267-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘quvchilarining tahliliy kompetensiyasini shakllanishiga xizmat qiluvchi metodik ta’minoti boyitilgan;
mantiqiy va tizimli fikrlash, ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari vositasida shakllantirish asosida takomillashtirilgan umumta’lim maktablarida tarix fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasiga doir taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv hulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 03-3000-2990-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan modelning natijaviy bloklarni umumlashtirish yuzasidan chiqarilgan xulosalar amaliyoga joriy etilgan;
    o‘quvchilarning tarixiy faktlarni tahlil qilish ko‘nikmasining kvalimetrik mezonlarini tizimli qo‘llash asosida aniqlashtirilgan o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllanganlik darajalarini hamda tarixiy tafakkur va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlanganlik darajalarini aniqlashtirish mexanizmiga asoslangan baholash ko‘rsatkichlariga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 15 dekabrdagi 01/11-01/11-1852-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur mobil ilova o‘quvchilarning tahliliy kompetensiyasini shakllantirish, tarix fanini o‘qitish samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish