Xudayberganov Javlonbek Saotbay o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talaba yoshlarda jismoniy chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1932.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
Ilmiy rahbar: Tilegenov Askarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ma’murov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi talaba yoshlarda jismoniy chidamlilik sifatlarni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba yoshlarda  jismoniy tayyorgarlik  va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va diagnostik mezonlari pedagogik ta’limning intensiv ta’sirchanlik xususiyatlarini tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarga kasbiy o‘ziga xoslikni metodik jihatdan hisobga olgan holda moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talaba yoshlarda  jismoniy tayyorgarlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining reproduktiv, adaptiv, mahalliy-modellashtiruvchi, tizimli-modellashtiruvchi va shaxsiy-modellashtiruvchi kasbiy kompetentlik darajalarini baholash mezonlarini innovatsion ta’lim muhiti sharoitida integratsion qo‘llash mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talaba yoshlarning  jismoniy tayyorgarlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish  texnologiyasi shaxsga yo‘naltirilgan, evristik, kompetensiyaviy va akmeologik yondashuvlarga xoslangan metodlarni ularning rivojlanish vektoriga nisbatan ta’limiy qo‘llash va jismoniy tarbiya fanining gorizontal hamda vertikal integratsiyasini metodik ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talaba yoshlarda  jismoniy tayyorgarlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan adabiyotlar mazmuniga integratsiyalashgan ta’lim metodlarini zamonaviy pedagogik paradigmalar talablariga muvofiq singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning jismoniy tayyorgarlik va chidamlilik sifatlarini shakllantirishning  pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
pedagogik ta’limning intensiv ta’sirchanlik xususiyatlarini tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarga kasbiy o‘ziga xoslikni metodik jihatdan hisobga olgan holda moslashtirish asosida aniqlashtirilgan talaba yoshlarda  jismoniy tayyorgarlik  va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va diagnostik mezonlariga oid tavsiyalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 rakamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uygunligi asosida ma’naviy-axlokiy tarbiyalashning muammolari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 5 avgustdagi 182-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba yoshlarda jismoniy tayyorgarlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va diagnostik mezonlarini aniqlash imkoni oshirilgan;
jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining reproduktiv, adaptiv, mahalliy-modellashtiruvchi, tizimli-modellashtiruvchi va shaxsiy-modellashtiruvchi kasbiy kompetentlik darajalarini baholash mezonlarini innovatsion ta’lim muhiti sharoitida integratsion qo‘llash mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan talaba yoshlarda  jismoniy tayyorgarlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik texnologiyalariga oid ma’lumotlar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 rakamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uygunligi asosida ma’naviy-axlokiy tarbiyalashning muammolari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 5 avgustdagi 182-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba yoshlarda jismoniy tayyorgarlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan;
zamonaviy pedagogik yondashuvlar (shaxsga yo‘naltirilgan, evristik, kompetensiyaviy va akmeologik)ga xoslangan metodlarni ularning rivojlanish vektoriga nisbatan ta’limiy qo‘llash va jismoniy tarbiya fanining gorizontal hamda vertikal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan talaba yoshlarning  jismoniy tayyorgarlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish  texnologiyasi, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv va yordamchi adabiyotlar mazmuniga integratsiyalashgan ta’lim metodlarini zamonaviy pedagogik paradigmalar talablariga muvofiq singdirish asosida takomillashtirilgan talaba yoshlarda  jismoniy tayyorgarlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning didaktik ta’minotiga doir ishlanmalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitan fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunsoligi tarixini tadqiq etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda hamda T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 rakamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uygunligi asosida ma’naviy-axlokiy tarbiyalashning muammolari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 5 avgustdagi 182-son ma’lumotnomasi; Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9 sentyabrdagi 02-07-2463/04-son dalolatnomasi). Natijada, talaba yoshlarning jismoniy tayyorgarlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning texnologiyasini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish