Yaqubova Dono Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda ularning kompetentligini takomillashtirish (mustaqil ta’lim jarayonida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2091.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Maxmudov Baxramjon Abdusalomovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarining mustaqil ta’lim jarayonida kasbiy kompetentligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarini kasbiy tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari kasbiy kompetentlikni aniqlashning  kognitiv, motivatsion, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga yo‘naltirilgan mezonlarini fanning spesifik xususiyatlarini hisobga olgan holda metodik jihatdan moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarida yangi bilimlarni oshirish imkoniyatlari talabalrning kasbiy kompetentligini kelajak o‘qituvchisining prfessiogrammasiga muvofiq takomillashtirish strategiyasi maxsus dasturini innovatsion ta’lim muhiti talablariga muvofiq qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanish imkoniyatlari kasbiy kompetensiyalarni metodik jihatdan rivojlantirish jarayonini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq o‘qitishning induktiv va deduktiv metodlarini hisobga olgan holda optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning funksional modeli kasbiy kompetentlikni mustaqil ta’limga asoslanib samarali rivojlantirishga qaratilgan maxsus dastur (“Jismoniy madaniyat mutaxassisi - salomatlik posboni”)ni talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan metodik jihatdan invariant qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda ularning kompetentligini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
kasbiy kompetentlikni aniqlashning  kognitiv, motivatsion, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga yo‘naltirilgan mezonlarini fanning spesifik xususiyatlarini hisobga olgan holda metodik jihatdan moslashtirish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarini kasbiy tayyorlashning pedagogik imkoniyatlariga doir takliflar “Jismoniy madaniyat” ixtisosligi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi uchun yaratilgan “Shaxmat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-220 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarida kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun zarur hisoblangan ustuvor mezonlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
talabalrning kasbiy kompetentligini kelajak o‘qituvchisining prfessiogrammasiga muvofiq takomillashtirish strategiyasi maxsus dasturini innovatsion ta’lim muhiti talablariga muvofiq qo‘llash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarida yangi bilimlarni oshirish imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filiali tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy ahloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17-apreldagi 02-07-1362/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarida kasbiy kompetentligining rivojlanishiga sharoit yaratilgan;
kasbiy kompetensiyalarni metodik jihatdan rivojlantirish jarayonini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq o‘qitishning induktiv va deduktiv metodlarini hisobga olgan holda optimallashtirish asosida takomillashtirilgan talabalarning jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanish imkoniyatlariga oid tavsiyalar “Oydin hayot”respublika markazida bajarilgan A1-FQ-010040 raqamli “Talimda sog‘likni saqlash-sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashning samarali usuli” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 17-apreldagi 02-07-1362/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
kasbiy kompetentlikni mustaqil ta’limga asoslanib samarali rivojlantirishga qaratilgan maxsus dastur (“Jismoniy madaniyat mutaxassisi - salomatlik posboni”)ni talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan metodik jihatdan invariant qo‘llash asosida takomillashtirilgan jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning funksional modeliga oid taklif va tavsiyalar “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi talabalari uchun yaratilgan “Shaxmat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 429-son buyrug‘i asosida berilgan 429-220 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning tuzilmaviy funksional modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish