Raxmatullaev Axadulla Yusupjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda arxeologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1329.
Ilmiy rahbar: Pardaev Muxtorqul Hasanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Raimqulov Abdusabur Azzamovich, tarix fanlari doktori; Hushvaqov Nabi Olimovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkistonda arxeologiya fanining shakllanishi va rivojlanishining dastlabki davri (XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari) tarixshunosligiga oid muammolarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkistonda arxeologiya fanining shakllanishi va rivojlanishining dastlabki davri kolleksionerlar faoliyati bilan bog‘liq holda osori-atiqalardan topilgan ashyolar shaxsiy manfaatlar uchun xizmat qilganligi asosan iqtisodiy foyda uchun to‘planganligi aniqlangan;
arxeologiya fanining rivojlanishida mahalliy kolleksionerlar va rus olimlarining sa’y-harakatlari bilan bog‘liq faoliyati, Turkiston havaskor arxeologlar to‘garagining dastlabki arxeologik tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim o‘ringa egaligi ochib berilgan;
XIX asrning oxirida Turkistonda arxeologiya fani yangi yo‘nalishligi, uni asosiy tamoyillari XX asr boshlarida shakllangani, fan sohasini rivojlantirishda asosiy muammolar-mukammal metodologiyani shakllanmagani, arxeologlar kamligi, moliyaviy mablag‘ etishmaslik sababli izlanish va qazishmalar qoniqarsiz amalga oshirilgani dalillangan.
dastlabki arxeologik ekspedisiyalarning tashkil etishdagi talab va majburiyatlar, qazuv ishlarining o‘ziga xos usullari, qonuniyatlari, yodgorliklar va ulardagi topilmalar bilan ishlashning yo‘nalishlari isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Turkistonda Arxeologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi tarixi” mavzusidagi dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Turkistonda arxeologiya fanining shakllanishi va rivojlanishining dastlabki davri kolleksionerlar faoliyati bilan bog‘liq holda osori-atiqalardan topilgan ashyolar shaxsiy manfaatlar uchun xizmat qilganligi asosan iqtisodiy foyda uchun to‘planganligi, chet ellarga sotilgani borasidagi ilmiy natijalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, chet ellarda saqlanayotgan xalqimizning boy tarixi, moddiy va madaniy merosini ilmiy o‘rganish va targ‘ib kilish kabi vazifalar ijrosiga qaratilgan dasturlarini bajarishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2022 yil 16 dekabrdagi 01-47-son ma’lumotnomasi). Chet ellarda to‘plangan osori-atiqalardan foydalangan xolda “O‘zbekistonning moddiy madaniyati tarixi” va “O‘zbekiston arxeologiya”sining shakllanishi, rivojlanishi bosqichlari tarixini yaratishda, arxeologiya, etnografiya, o‘lkashunoslik fanlaridan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar yozish, oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish muassasalarida maxsus kurslar o‘qish, seminarlar tashkil etish hamda sayyohlar uchun bukletlar, filmlar, etnografik ko‘rgazmalar tayyorlashda foydalanilgan;
arxeologiya fanining rivojlanishida mahalliy kolleksionerlar va rus olimlarining sa’y-harakatlari bilan bog‘liq faoliyati, Turkiston havaskor arxeologlar to‘garagining dastlabki arxeologik tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim o‘ringa egaligi xususidagi xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokanali 2023 yil 11 yanvardagi 02-31-65-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomashabinlarda Turkistonda arxeologiya fanining shakllanishi va rivojlanishining dastlabki davri tarixi, kolleksionerlar faoliyati bilan bog‘liq kechganligi borasidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
dastlabki arxeologik ekspedisiyalarning tashkil etishdagi talab va majburiyatlar, qazuv ishlarining o‘ziga xos usullari, qonuniyatlari, yodgorliklar va ulardagi topilmalar bilan ishlashning yo‘nalishlari isbotlab berilganligi borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2017-2020 yillar davomida bajarilgan OT-F1-88 sonli “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimga davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 20 dekabrdagi 04/11-8308-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi yurtimiz tarixini yanada chuqurroq o‘rganish unga oid bo‘lgan izlanishlarni chuqurroq olib borish va tarix fanining yangi qirralarini ochib berishda fanda ilmiy yangiliklarni rivojlanishini ta’minlashda xizmat qilgan.