Karimov Mansur Maxamatxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi tarixi (1991 – 2021 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar857.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Eshbolta Atamurodivich, tarix fanlari doktori, professor; Vasieva Diloram Ibragimovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2021 yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi tarixi bilan bog‘liq jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida OTMlarining xorijiy davlat ta’lim muassasalari bilan hamkorligi ko‘rsatkichining past bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatgan OTMlar faoliyati uchun zarur huquqiy kafolatlarning etarli darajada yaratilmaganligi, oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘zlashtirish  bo‘yicha etarli shart-sharoitlarning yo‘qligi, kadrlarni xorijda malaka oshirish va stajirovkaga yuborish ishlarining qoniqarsiz holati kabi omillar asoslangan;
O‘zbekistonning oliy ta’lim sohasida nufuzli tashkilotlar bilan hamkorligining o‘sib borish dinamikasi JICA,KOICA, DAAD AKSELES va AYREKS kabi xalqaro tashkilotlar misolida ochib berilib, Evropa Ittifoqi tashkiloti tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan TEMPUS, TASIS va Erasmus+ kabi loyihalar dinamikasi yillar kesimida dalillangan;
O‘zbekistonning oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligida Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan Germaniya, Italiya, Chexiya, Gresiya, Osiyo davlatlaridan Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yetakchi mavqeyi, xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va boshqa OTMlarda olib borilgan hamkorlik yo‘nalishlari (kadrlar malakasini oshirish, OTMlar moddiy texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv binolarini zamonaviy texnika bilan jihozlash) ochib berilgan;
O‘zbekistonda ekologik ta’limni rivojlantirish, ekologiya bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayonida YuNESKOning “Milliy biologik xilma-xillik strategiyasi va harakatlar (NBSAP), ularni amalga oshirish va ta’minlash biologik xilma-xillik masalalari” loyihasi hamda o‘zbekistonlik yoshlar uchun startap loyihalar bilan ishlashda Finlyandiya tajribasining o‘rni muhim ahamiyat kasb etganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida OTMlarining xorijiy davlat ta’lim muassasalari bilan hamkorligi ko‘rsatkichining past bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar xususan, OTMlar faoliyati uchun zarur huquqiy kafolatlarning etarli darajada yaratilmaganligi, oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘zlashtirish  bo‘yicha etarli shart-sharoitlarning yo‘qligi, kadrlarni xorijda malaka oshirish va stajirovkaga yuborish ishlarining qoniqarsiz holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2021 yil 3 martda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2021 yil 3 martdagi 02-40-672-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlar ongida O‘zbekistonda oliy ta’lim muasassalarining nufuzli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi bo‘yicha asosiy tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligida Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan Germaniya, Italiya, Chexiya, Gresiya, Osiyo davlatlaridan Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yetakchi mavqie, xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Nizomiy nomidagi pedagogika universitetlarida olib borilgan hamkorlik yo‘nalishlari kabi ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorliklar bo‘limining ish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 avgustdagi 89-06-33-son ma’lumotnomasi). Bu esa O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida halqaro aloqalar va hamkorlikning o‘rni xususidagi tushunchalarning shakllanishiga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish