Djalilova Zarnigor Obidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik nutqiy harakatlarining gender xususiyatlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2245.
Ilmiy rahbar: Rasulov Zubaydullo Izomovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik nutqiy harakatlarining gender xususiyatlarining mushtarak va o‘ziga xos jihatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik nutqiy harakatlarining gender xususiyatlari har ikkala xalq tilining genetik-kulturologik, ijtimoiy-tarixiy, lisoniy-madaniy belgilari, til egalarining milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodi, o‘ziga xos urf-odatlari, tafakkuri kabi omillar ta’sirida shakllanganligi va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi muloqot jarayonida xushmuomalalik maksimalari ifodasining genderga bog‘liqliligi va ifoda shartlarini keltirib chiqarishi, xususan, ingliz tilida kamtarlik maksimasini nutqda voqelanishining ikki strategiyasi (primitivlashtirish va obektivlashtirish) bilan shartlanishi va mazkur jihatlar muayyan eksperiensial kontekstda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillarda illokutiv harakat xushmuomalalik, xususan, iltifot va maqtovlarni ifodalashda gender belgisiga qaratilganligi muhim ahamiyat kasb etishi, ayollar illokutiv harakatlarda maqtov va iltifotlarga  optimistik (ijobiy), erkaklar esa befarq, me’yordan ortiq iltifotlarga shubha bilan qarashi xalq milliy madaniyatining birlamchi omillari ekanligi aniqlangan;
o‘zbek tili lisoniy-ijtimoiy guruhlarida ayol genderiga xos bo‘lgan kamtarlik, va  rozilik maksimalarining ustivor ekanligi, ingliz lisoniy-ijtimoiy guruhlarida esa erkak va ayol orasida subordinatsion munosabatlarning deyarli mavjud emasligi, rozilik maksimasining esa bilvosita tabiatga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik nutqiy harakatlarining gender xususiyatlari tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik nutqiy harakatlarining gender xususiyatlari har ikkala xalq tilining genetik-kulturologik, ijtimoiy-tarixiy, lisoniy-madaniy, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodi, o‘ziga xos urf-odatlari, tafakkuri kabi omillar ta’sirida shakllanganligi va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligiga oid nazariy xulosalardan Navoiy davlat pedagogika institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-XT-0-19919 “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Navoiy davlat pedagogika institutining 2022-yil 26-iyundagi 88-87-2383/04-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy-ijtimoiy madaniy guruhlarda nutqiy axloq normalari shu madaniy guruhlarda shakllangan strereotiplarga tayangan holda ijtimoiy stereotiplar (stereotipik qarashlar) lingvistik-madaniy guruhlarda kechayotgan turli ijtimoiy jarayonlarga baho berishga hamda ingliz va o‘zbek tillari ijtimoiy-madaniy guruhlariga tegishli har ikki genderning nutqiy odob-axloq qoidalari stereotiplari borasidagi maʼlumotlarni ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillari muloqot jarayonida xushmuomalalik maksimalarining ifodasi, shu ifodaning genderga bog‘liqliligi va ifoda shartlarini keltirib chiqarishi, xususan, ingliz tilida kamtarlik maksimasini nutqda voqelanishining ikki strategiyasi (primitivlashtirish va obektivlashtirish)ga bevosita bog‘liq ekanligi va mazkur jihatlar muayyan eksperiensial kontekstda namoyon bo‘lishiga oid ilmiy natija va xulosalardan Buxoro davlat tibbiyot institutida 2018-2021 yillarda mo‘ljallangan 598399-EPP-1-2018-1-IT-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “ChILDCA-Improvement of children care teaching as a template for modernising postgraduate medical education in Central Asia” nomli xorijiy, innovatsion loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021-yil 4-avgustdagi 05/2587-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan kommunikativ-lisoniy birliklar xususiyatlari haqidagi bilimlar bazasini yanada kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillarda illokutiv harakat xushmuomalalik, xususan, iltifot va maqtovlarni ifodalashda uning qaysi gender vakiliga qaratilganligi muhim ahamiyat kasb etishi, ayollar illokutiv harakatlarda qaratilgan maqtov va iltifotlarga  optimistik (ijobiy), erkaklar bunday maqtov va iltifotlarga befarq, me’yordan ortiq iltifotlarga shubha bilan qarashi xalq milliy madaniyatining birlamchi omillari ekanligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Til - millat ko‘zgusi”, “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” kabi turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 7-yanvardagi 1/4-son ma’lumotnomasi). Natijada til madaniyatning asosiy ko‘rsatgichi tushunchasini aholi orasida shakllantirishga, o‘zbek tili va madaniyatini xalqaro miqiyosda targ‘ib qilishning lisoniy asoslarini yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish