Dusmuxamedov Dilshod Maxmudjanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xeyloplastikadan keyingi yuqori labning ikkilamchi deformatsiyalarni xirurgik davolash va profilaktikasi», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib444.

Ilmiy rahbar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stogmatologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.

Rasmiy opponentlar: Jun-Young Pang, tibbiyot fanlari doktori, professor (Seul, Janubiy Koreya); Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Shimoliy Karolina universiteti (AQSh).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklari bor bolalarda klinik-bioximik tahlillar asosida yuqori labning ikklamchi deformatsiyalarning oldini olishga qaratilgan kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

takomillashtirilgan xeylouranoplastika usuli yuqori lab yuganchasini uzaytirish, og‘iz-burun yo‘lini bartaraf etish va shu bilan bir qatorda og‘iz bo‘shlig‘i dahlizini shakllantirish hamda jarrohlik reablitatsiyasining bosqichlarini kamaytirishi isbotlangan;

yuqori labning ikkilamchi deformatsiyalarini shakllanishi birlamchi xeyloplastikaga individual yondoshmaslik hamda organizmdagi latent patologik jarayonlarning jarrohlik amaliyotidan keyingi chandiqlar shakllanishiga ta’siri borligi aniqlangan;

jarrohlik amaliyotidan oldingi kompleks davolashda QTO‘O ko‘rsatkichini nazorat qilish patologik chandiqlar rivojlanishini o‘z vaqtida profilaktika va korreksiya qilish imkonini berganligi isbotlangan;

yuqori labning ikkilamchi deformatsiyasi rivojlanishini operatsiyadan oldingi qonning klinik-laborator va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga asoslanib bashoratlash modeli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Xeyloplastikadan keyin yuqori lablarning ikkilamchi deformatsiyasi oldini olish va xirurgik davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Yuqori lab va tanglayning bir tamonlama kemtikidi ikkilamchi deformatsiyalar rivojlanishini dori vositalari bilan oldini olish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil  2 apreldagi 8n-d/64-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tanglay va yuqori labning bir tamonlama ketigi bor bolalarni jarrohlik davolashdan oldin dori-darmon bilan davolash va ikkilamchi deformatsiyalar shakllanishini oldini olish imkonini bergan;

«Yuqori lab va tanglayning bir tamonlama kemtikini xeyloperiostoplastiika usuli» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil  2 apreldagi 8n-d/64-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tanglay va yuqori labning tug‘ma kemtikini xeyloperiostoplastika usuli yordamida  xirurgik davolash imkonini bergan;

xeyloplastikadan keyin yuqori lablarning ikkilamchi deformatsiyasi oldini olish va xirurgik davolashning  samarali tizimini  ishlab chiqish  va takomillashtirishga qaratilgan  natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya institutining bolalar yuz-jag‘ jarrohlik klinikasi klinik amaliyotiga, Buxoro va Samarqand viloyatlarining ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonalarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil  2 apreldagi 8n-d/64-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi tanglay va lablarning  tug‘ma kemtikini xirurgik davolashda 25-55% yaxshilanishini ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish