Maxammadov Bobir Isan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Android operatsion tizimi mobil ilovalari terminlarining o‘zbek, rus, ingliz tillarida berilishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2268.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Shaxobiddinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismoil qiz,i filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi android operatsion tizimi mobil ilovalari ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi terminlarining lingvistik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilidagi mobil ilovalarda qo‘llanilgan polufunksional terminlarning ma’nolari orasidagi aloqa leksemalarning yangi semantik ottenkalarning paydo bo‘lishi natijasida omonimlik xususiyati shakllanganligi aniqlangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi android operatsion tizimi mobil ilovalari terminlarning paradigmatik strukturasining xususiyatlari ochib berilib,  har uch tildagi terminlarning morfem va semantik derivatsion xususiyatlari asoslangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi android operatsion tizimi mobil ilovalari terminlarning sinonimik va antonimik munosabatlari aniqlanib, tillararo integral va differensial semalari asoslangan.
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi android operatsion tizimi mobil ilovalari terminlarining semantik guruhlari aniqlanib, guruh tarkibidagi terminlarning leksik-semantik xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Android operatsion tizimi mobil ilovalari terminlarining o‘zbek, rus, ingliz tillarida berilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
android operatsion tizimi mobil ilovalari terminlarining o‘zbek tilida berilishi va leksikografik talqini bobidagi mikrostrukturasida keltirilgan terminlarning leksikografik tavsifi, shuningdek, mobil ilova terminlarining ingliz, rus va o‘zbek tillarida berilishining tahlili jarayonida mobil ilovalardagi har bir oynada foydalanilgan terminlarni mavzuviy tarzda ajratib olish ya’ni kirish, bosh(asosiy), kaskad menyusi oynasi, ichki (sozlamalar) menyusidagi terminlarni ajratish bo‘yicha xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan
№ IL – 402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” bo‘yicha innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 21-dekabrdagi 01/4-3526 – son ma’lumotnomasi). Natijada “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasida qo‘llanilishi kerak bo‘lgan terminlarni yagona qolipga keltirilishiga erishilgan;
android operatsion tizimi mobil ilovalari terminlarining ingliz tilida berilishi bobidagi mobil ilovalar va elektron platformalar ma’lum bir dasturlash tillari (“java”, “python”, “php”) orqali yoziladigan bo‘lib, ulardagi terminlar asosan ingliz tilida yozilgan hisoblanishi, mobil ilova va elektron platformalarning asosiy tili ingliz tili bo‘lib, undagi terminlar, rus va o‘zbek tillariga tarjima qilinib, foydalanuvchilarga etkazilishi, har bir mobil ilova yoki elektron platformalar “kirish (asosiy/ilovani atovchi), bosh (foydalanuvchi interfeysidagi)”, “ichki va kaskad (dasturiy vosita) menyular”dan iborat ekanligi bo‘yicha xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish bo‘yicha amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 27-dekabrdagi 01/4-3655 – son ma’lumotnomasi). Natijada, “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasining o‘zbek tilidagi talqinining kaskad menyusidagi terminlarini yaratishda asosiy qo‘llanmalardan biri bo‘lishiga erishilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi android operatsion tizimi mobil ilovalari terminlarining semantik guruhlari aniqlanib, guruh tarkibidagi terminlarning leksik-semantik xususiyatlari dalillanganligi bo‘yicha fikr va tasviyalardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, yangi kun”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Dolzarb mavzu” kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 30-noyabrdagi 01-10/179 – ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlardagi eshittirishlar orqali “Google chrome”, “Telegram”, “Yandex.taxi”, “Payme” kabi mobil ilovalarda qo‘llanilgan terminlarning etimologiyasi, qo‘llanilishi jihatdan ma’lumot berilganligi va mobil ilovalardagi aksariyat terminlar takroriy ekanligi hamda mobil ilovalardagi terminlarning o‘zbek tilidagisidan foydalanish biroz qiyinchiliklar yuzaga keltirayotganligini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish