Ismayilov Jumanazar Ismatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida mahalliy kaliyli o‘g‘itni g‘o‘zada qo‘llash agrotexnologiyalarini takomillashtirish», 06.01.04–Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx90.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nazirbay Madrimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Farxod Hakimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boirov Abdunabi Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida mahalliy xom ashyodan tayyorlangan kaliyli o‘g‘itni g‘o‘zada qo‘llash muddatlariga bog‘liq holda tuproqdagi kaliy shakllarini o‘zgarishi va almashinuvchi kaliyni muvozanatini aniqlash, 1 va 3 yillik me’yorlarini 1 marta qo‘llash orqali resurs tejovchi agrotexnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zada yangi turdagi mahalliy xomashyodan tayyorlangan kaliyli o‘g‘itni maqbul (2-3 chin barg, shonalash, gullash davrlarida) qo‘llash muddatlari va zahira holdagi (300 kg/ga) me’yorlari ilmiy jihatdan asoslangan;
yangi turdagi mahalliy xomashyodan tayyorlangan kaliyli o‘g‘itni azot va fosfor fonida tuproqdagi kaliy shakllariga, muvozanatiga, tuproq unumdorligiga, g‘o‘zani kaliyni o‘zlashtirish koeffisientiga ta’siri aniqlangan;
qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarni tuproqdagi kaliyning fraksion tarkibi, turli guruhlarga ko‘chish xarakteriga ta’siri isbotlangan;
yangi turdagi kaliy o‘g‘itining g‘o‘zani o‘sish-rivojlanishi, hosildorligi va tola sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xom ashyodan tayyorlangan kaliyli o‘g‘itni sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zada qo‘llash me’yor va muddatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kaliyli o‘g‘itlarni g‘o‘zada qo‘llash bo‘yicha «Paxtachilikda mahalliy sil`vinit qazilmalaridan tayyorlangan yangi turdagi kaliyli o‘g‘itni qo‘llash» bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 12 fevraldagi 02/20-100-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma respublikaning paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
yangi turdagi mahalliy xomashyodan tayyorlangan kaliyli o‘g‘itni g‘o‘zada qo‘llashning takomillashtirilgan agrotexnologiyalari Toshkent viloyatining Bo‘ka, Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlari fermer xo‘jaliklarida jami 157,0 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 12 fevraldagi 02/20-100-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida g‘o‘zadan gektaridan 4-5 sentner qo‘shimcha paxta hosili etishtirilgan va rentabellik darajasi 18-22 foizni tashkil etgan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida yangi turdagi mahalliy xomashyodan tayyorlangan kaliy o‘g‘itini azot va fosforli o‘g‘itlar fonida kuzgi shudgor ostiga gektariga 50 kg va shonalashda 50 kg qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining Bo‘ka, Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 12 fevraldagi 02/20-100-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tuproq unumdorligi va g‘o‘zani kaliyni o‘zlashtirish koeffisentiga oshishiga erishilgan.