Akramova Taxmina Kamiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Edgar Allan Po asarlaridagi g‘oyaviy-badiiy obrazlar va ularni tarjimada qayta yaratish usullari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va adabiyotshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1349.
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Bushuy Tatyana Anatolevna, filologiya fanlari  doktori professor; Mukhitdinova Nazira Batirkhanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi E.A.Po asarlarining g‘oyaviy-badiiy obrazlarini ochib berish va ularni tarjima matnida qayta yaratish yo‘llarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
E.A.Po badiiy uslubining strukturaviy-kompozision va ommabop ekspressiv-stilistik vositalari (epitetlar, metaforalar va qiyoslashlar) aniqlanib, shuningdek, badiiy obrazlarining hayoti, borlig‘i, o‘ziga xos xususiyatlari, ichki dunyosi va ruhiy holatining g‘oyaviy-falsafiy jihatlari ochib berilgan;
E.A.Po ijodiy mazmuni shakllanishidagi lingvistik va ekstralingvistik omillar ochib berilib, uning she’riy asarlariga Yaqin Sharqning ta’siri hamda uning asarlari va obrazlarida Sharq mavzusining aks etishi asoslangan;
E.A.Po asarlarida badiiy obrazlar yaratishda qo‘llanilgan fonetik, leksik, grammatik, sintaktik va stilistik vositalar “Temurlang” dostoni misolida ochib berilib asarlarning asl nusxasi va mashhur tarjimonlar tomonidan qilingan tarjimalari o‘rtasidagi fonetik, stilistik va sintaktik nomuvofiqliklar aniqlangan;
E.A.Po asarlarining real va fantastik obrazlarini yaratish uchun tarjimaning adekvat usullari belgilanib, uning asarlarini boshqa tillarga tarjima qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. E.A. Po asarlarida badiiy obrazlarni yaratish va ularni tarjima matnida saqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida:
badiiy obrazlar tarjima matnida berilish tahlil xulosalari Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021- yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 6 sentyabrdagi 2435/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar o‘qituvchilarning badiiy asarlar syujetini tushunish va idrok etish, yangi badiiy usullarni talqin qilish, asliyat va tarjima matn bilan ishlash va ularni qiyoslash, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohalaridagi bilimini oshirish, tarjimada eng adekvat usullarni qo‘llash borasidagi bilimini oshirish va turli stilistik vositalarni chuqur tadqiq qilish imkonini bergan;
badiiy matnni adekvat tarjima qilish usullarining tadqiq xulosalari Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2020-2021- yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 6 sentyabrdagi 2433/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyadan olingan materiallar talabalarning badiiy asarlarni o‘qish qobiliyatini oshirish, badiiy usullarni o‘rganish va tarjima ko‘nikmalarini rivojlanishga yo‘naltirilgan til aspektlari amaliyoti hamda adabiyotshunoslik fanini innovatsion texnologiyalar orqali takomillashtirish uchun xizmat qilgan;
g‘oyaviy-badiiy obrazlarni matnda yaratish lisoniy vositalarning tahlil natijalari I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 6 sentyabrdagi 2436/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy natijalarining qo‘llanilishi badiiy obrazlarni talqin qilish, badiiy obrazlarni tarjima matnida turli stilistik vositalar yordamida qayta yaratish usullarini chuqur o‘rganish, badiiy asar muallifining falsafiy g‘oyasini tushunish va uni tarjimada kitobxonga etkazish usullarini tadqiq qilish, chet tilini o‘rgatishda badiiy matnni muvofiqlashtirish imkonini bergan;
E.A.Po asarlarining real va fantastik obrazlarini yaratish uchun tarjimaning adekvat usullari belgilanib, uning asarlarini boshqa tillarga tarjima qilish yuzasidan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati “STV” telekanalining yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga va jahon adabiyoti durdonalarini taqdim etgan adiblar hayoti va ijodi borasida ma’lumotlar etkazishga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy dasturlarni tayyorlash ssenariysida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 30 maydagi 30/05/01-son guvohnomasi). Ushbu tadqiqot natijalari ommaviy tarzda  badiiy obrazlarni talqin qilish, badiiy obrazlarni tarjima matnida turli stilistik vositalar yordamida qayta yaratish usullarini chuqur o‘rganish, badiiy asar muallifining falsafiy g‘oyasini tushunishga zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish