Nematov Laziz Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ““Elektrotexnika va elektronika” fanini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (texnika oliy ta’lim muassasalari misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2878.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi bir martalik, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04
Rasmiy opponentlar: Bazarova Saodat Djamalovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rasulov Abdulxay Norxodjaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Elektrotexnika va elektronika” fanini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalari malaka talablari texnologik bilimlar g‘oyalar generatori tamoyili asosida “Elektrotexnika va elektronika” fanini o‘qitish jarayonida talabalar texnik fikrlash ko‘nikmasining tashkiliy-tuzilmaviy komponentlari (motivatsion, obrazlilik, tezkorlik va refleksivlik) mazmunini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
“Elektrotexnika va elektronika” fanini o‘qitishda ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida invariant ta’lim metodlari va axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali texnik fikrlash imkoniyatlari (tashxislash, xaritalash, ixtirochilik va boshqarish) takomillashtirilgan;
oliy ta’limda “Elektrotexnika va elektronika” fanini o‘qitishda talabalarning texnologik va kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan nostandart texnik masalalar, axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini ishlab chiqish, talabalarda kraetivlik, ijodiy, tashabbuskorlik, mustaqil fikrlash, hamkorlik ko‘nikmasi kabi sifatlarni aniqlash orqali kasbiy kompentensiyalari takomillashtirilgan;
boʻlajak mutaxassislarni tayyorligini baholash mezoni va ularning monitoringini hisobga olib borish mexanizmi hamda axborotlashtirilgan ta’lim muhitida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni samaradorligini aniqlashga oid rivojlantiruvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda “Elektrotexnika va elektronika” fanini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalari malaka talablari texnologik bilimlar g‘oyalar generatori tamoyili asosida “Elektrotexnika va elektronika” fanini o‘qitish jarayonida talabalar texnik fikrlash ko‘nikmasining tashkiliy-tuzilmaviy komponentlari (motivatsion, obrazlilik, tezkorlik va refleksivlik) mazmunini aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Elektr energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2020-yil 6-oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, 522-202-raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash jarayonini rivojlantirishga xizmat qilgan;
“Elektrotexnika va elektronika” fanini o‘qitishda ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida invariant ta’lim metodlari va axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali texnik fikrlashning tashxislash, xaritalash, ixtirochilik kabi imkoniyatlarini takomillashtirishga oid materiallar “Elektr ta’minoti asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356/7-446-raqamli guvohnomasi) Natijada, talabalarda “Elektrotexnika va elektronika” fanidan kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’limda “Elektrotexnika va elektronika” fanini o‘qitishda talabalarning texnologik va kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan nostandart texnik masalalar, axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini ishlab chiqish, talabalarda kraetivlik, ijodiy, tashabbuskorlik, mustaqil fikrlash, hamkorlik ko‘nikmasi kabi sifatlarni aniqlashga oid taklif va tavsiyalardan Buxoro muhandislik-texnologiya institutining OT-F2-62 raqamli “Sanoat korxonasi “intellektual” elektr tarmog‘ini elektr ta’minoti tizimini umumlashgan samaradorlik ko‘rsatkichi asosida yaratish nazariyasini rivojlantirish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Avtonom gibrit energiya asosidagi mikro elektr tarmoq boshqaruv tizimini shakllantirish dasturlari” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022-yil 10-oktyabrdagi 02/01/-86/923-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Elektrotexnika va elektronika” fanini interfaol texnologiyalaridan foydalanib oʻqitish orqali talabalarning samarali kasbiy faoliyatga kirishish va umumtexnik kompitensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish