Mirzoev Dilshod Po‘lotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmag‘i nomi): “Talabalarni kasbiy faoliyatiga oid kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped2108.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti bir martalik, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, proffesor.
Rasmiy opponentlar: Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlar doktori (DSc), professor; Alimov Azam Anvarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni kasbiy faoliyatiga oid kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetentligini rivoglantirishda tayyorgarlik darajasiga quyiladigan umumiy talablarga tashxislash va novatirlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar va kuzatuvchanlik, texnik taffakur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalar orqali o‘qitishning didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
fan, ta’lim va ishlab chiqarish korxonalarini amaliy integratsiyalash ya’ni, elektrotexnik materiallar xususiyatlari va elektr qurilmalarini qisimlari, detallari, yig‘ma birikmalar loyihasini tuzishda elektr energetika ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning mutaxassislikka oid fanlarni dasturiy ta’lim vositalar orqali o‘qitishda ularning umumiy tuzilmasi (ma’ruza mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘ulot) va o‘ziga xos xususiyatlari (testlar, video lavhalar, 3D animatsiyalar, lug‘atlar) aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiya sifatlarini oshirishga  qaratilgan (individual, kreativ, tanqidiy, innovatsion, amaliy) yondashuvlar va mutaxassislikka oid kreativligini rivojlantirishda dasturiy ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari bilan innovatsion o‘qitish metodlaridan foydalanish orqali elektr muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
talabalarning kreativligini rivojlantiruvchi, kasbiy faoliyatga tayyorlovchi infratuzilmasini shakllantirishda dasturiy ta’lim vositalarni ta’lim jarayonida amaliy tatbiq etishga oid motivatsion, kamunikativlik, intelektuallik va axborotlilikka asoslangan modelining samaradorligini, tajriba-sinov jarayonlarida matematik-statistik qayta ishlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni kasbiy faoliyatiga oid kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodika, taklif va tavsiyalar hamda ilmiy natijalar asosida:
talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetentligini rivoglantirishda tayyorgarlik darajasiga quyiladigan umumiy talablarga tashxislash va novatirlikka oid kasbga yo‘naltirilgan masalalar va kuzatuvchanlik, texnik taffakur, texnikani boshqarish bo‘yicha dasturiy vositalar orqali o‘qitishning didaktik imkoniyatlariga doir nazariy ma’lumotlar “Elektrotexnik materiallar. Elektr uskunalar montaji texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-1006-raqamli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishga erishilgan;
fan, ta’lim va ishlab chiqarish korxonalarini amaliy integratsiyalash ya’ni, elektrotexnik materiallar xususiyatlari va elektr qurilmalarini qisimlari, detallari, yig‘ma birikmalar loyihasini tuzishda elektr energetika ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning mutaxassislikka oid fanlarni dasturiy ta’lim vositalar orqali o‘qitishda ularning umumiy tuzilmasi (ma’ruza mashg‘ulot, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘ulot) va o‘ziga xos xususiyatlari (testlar, video lavhalar, 3D animatsiyalar, lug‘atlar) aniqlashtirishga oid takliflar “Elektrotexnik materiallar. Elektr uskunalar montaji texnologiyalari” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrig‘i, 302-0717-raqamli guvohnomasi). Natijada, dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanib talabalarni mutaxassislikka tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiya sifatlarini oshirishga  qaratilgan (individual, kreativ, tanqidiy, innovatsion, amaliy) yondashuvlar va mutaxassislikka oid kreativligini rivojlantirishda dasturiy ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, vizuallik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari bilan innovatsion o‘qitish metodlaridan foydalanish orqali elektr muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli takomillashtirishga oid takliflar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli elektron o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0530-raqamli guvohnomasi). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini innovatsion kasbiy faoliyatga tizimli tayyorlashga erishilgan;
talabalarning kreativligini rivojlantiruvchi, kasbiy faoliyatga tayyorlovchi infratuzilmasini shakllantirishda dasturiy ta’lim vositalarni ta’lim jarayonida amaliy tatbiq etishga oid motivatsion, kamunikativlik, intelektuallik va axborotlilikka asoslangan modelining samaradorligini, tajriba-sinov jarayonlarida matematik-statistik qayta ishlashga oid tavsiyalar “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2022-yil
9-sentyabrdagi 302-son buyrig‘i, 302-0798-raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarni energiya resurslarini qo‘llashdagi muammolar, texnologik jarayonlarni loyihalash, qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishga oid kompetentligini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish