Mamarajabov Odil Elmurzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bulutli texnologiyalari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4358.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ergashev Jamshid Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika univevsiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bulutli texnologiyalari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish bo‘yisha tavsiyalar ishlab shiqishdan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bulutli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish imkoniyatlari ilmiy-metodik, tizimli-informatsion yondashuvlarning idientiv xususiyatlarini vertikal moslashtirishga qaratilgan mobillik, mediakognitivlik va integrativlikni ta’minlash tamoyillarini uyg‘unlashtirish va kollaboratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bulutli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish jarayoni xususiy, umumiy va gibrid hisoblash tizimlariga asoslangan modellarni realaksion-ierarxik ma’lumotlar bazasiga frontal transformatsiyalash va maqsadli diversifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bulutli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish samaradorligi dasturiy ta’minotlardan foydalanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi-integrativ texnologiyalarni qo‘llash, franchayzing va validatsiya kabi masofaviy ta’lim modellarini ta’lim maqsadlariga mos intensiv unifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bulutli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish mezonlari baholashning servis vaqtini muntazam hisobga olish, saqlash hajmini provayderlarga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan hollardagi didaktik jarayonlarning kognitiv- motivatsion, refleksiv-kreativ mazmuniga interaktiv darajalarni bosqichma-bosqich tadbiq etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bulutli texnologiyalari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
bulutli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish imkoniyatlari ilmiy-metodik, tizimli-informatsion yondashuvlarning idientiv xususiyatlarini vertikal moslashtirishga qaratilgan mobillik, mediakognitivlik va integrativlikni ta’minlash tamoyillarini uyg‘unlashtirish va kollaboratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-174 nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini egallash darajasini oshirish imkoni kengaytirilgan;
bulutli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish jarayoni xususiy, umumiy va gibrid hisoblash tizimlariga asoslangan modellarni realaksion-ierarxik ma’lumotlar bazasiga frontal transformatsiyalash va maqsadli diversifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Raqamli texnika va dasturiy ta’minot” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-682 nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning bulutli texnologiyalardan foydalanish darajasini oshirilishiga sharoit yaratilgan;
bulutli texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini takomillashtirish samaradorligi dasturiy ta’minotlardan foydalanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi-integrativ texnologiyalarni qo‘llash, franchayzing va validatsiya kabi masofaviy ta’lim modellarini ta’lim maqsadlariga mos intensiv unifikatsiyalash asosida takomillashtirishga oid va tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-174 nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini tadbiq etish samaradorligi oshgan;
takomillashtirish mezonlari baholashning servis vaqtini muntazam hisobga olish, saqlash hajmini provayderlarga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan hollardagi didaktik jarayonlarning kognitiv- motivatsion, refleksiv-kreativ mazmuniga interaktiv darajalarni bosqichma-bosqich tadbiq etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Kompyuter ta’minoti” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-son buyrug‘i asosida berilgan 744-121 nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning raqamli kompetensiyalarini egallash tayyorgarligini baholash mezonlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish