Matyaqubov Xamdam Xamidjanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Xorazm vohasi bronza va ilk temir davri tarixi (madaniyat, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlar muammolari”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tar24.

Ilmiy rahbar: Sagdullaev Anatoliy Sagdullaevich, tarix fanlar doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.

Rasmiy opponentlar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlar doktori., professor. Matyaqubov Xalil Hayitbaevich, tarix fanlar nomzodi.

Yetakchi tashkilot nomi:Berdaq nomidagiQoraqalpoq davlat universiteti.

II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasi bronza va ilk temir davri madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlari tarixini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

vohaning bronza va ilk temir davri tarixiy geografiyasi (Aryonam Vayjo va Xorazm, Qang‘ha va Turonning hududiy chegaralari, sak-massagetlarning hududiy joylashishi chegaralari), ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va boshqaruv (jamiyat tizimi, urug‘, qabila, qabilalar ittifoqi, harbiy demokratiya, xo‘jalik va ishlab chiqarish) masalalari ochib berilgan;

Xorazm vohasida O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlariga nisbatan qadimiy qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy notekis rivojlanishi hamda vohada davlatchilikning xronologik jihatdan kech vujudga kelishining  sabablari ochib berilgan;

qadimgi jamoalar o‘rtasidagi aloqalar xususiyatlari va tarixiy jarayonlarning o‘zgarishi, tashqi migratsiyalarning mahalliy madaniyat rivojiga va etnik tarixiga ta’siri hamda madaniy taraqqiyot omillari aniqlangan;

Xorazmning qadimgi tarixiga doir yondashuvlar, fikr-mulohazalar ko‘rib chiqilib, ko‘p yillar mobaynida tarix fanida an’anaviy bo‘lib kelgan ayrim ilmiy qarashlar hamda nazariyalar («irrigatsiya-davlat», «quldorlik davlati» konsepsiyasi) tahlil etilgan va yangi ilmiy ma’lumotlarga tayangan holda mazkur nazariya va konsepsiyalar tarixiy voqelikka mos kelmasligi isbotlab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Xorazm vohasi bronza va ilk temir davri tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

Xorazm vohasida O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlariga nisbatan qadimiy qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy notekis rivojlanishi hamda davlatchilikning xronologik jihatdan kech paydo bo‘lishi, qadimgi jamoalar o‘rtasidagi aloqalar xususiyatlari va tarixiy jarayonlarning o‘zgarishi, tashqi migratsiyalarning mahalliy madaniyat rivojiga va etnik tarixiga ta’siri, madaniy taraqqiyot omillari bo‘yicha ilmiy xulosalar va holatlar Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida Xorazm Ma’mun akademiyasi FA-F1-16549 raqamli «Xorazm tarixi. (I jild. Eng qadimgi davrlardan V asrgacha. II jild. V asrdan XVI asrgacha)» mavzusidagi fundamental loyihada qo‘llanilgan.(O‘zbekiston Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 4 dekabrdagi FTA-02-11/1245-son ma’lumotnomasi). Bu natijalar Xorazmning bronza va ilk temir davri tarixini to‘laqonli tadqiq etish, voha qadimgi tarixining etarli darajada o‘rganilmagan muhim masalalarni ochib berish, Xorazmning bronza va ilk temir davri madaniyatining O‘zbekiston tarixidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berishga imkoniyat yaratgan;

Vohaning tarixiy geografiya muammolari, qadimgi aholining hududiy joylashish xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va boshqaruv masalalaridan Xiva «Ichan-Qal’a» Davlat muzey qo‘riqxonasi Qadimgi Xorazm tarixi ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2018 yil 18 yanvardagi 01-11-08-330-son ma’lumotnomasi). Bunda Xorazm vohasi bronza va ilk temir davri xronologik doirasidagi tarixi, manbalar tahlili, tarixiy geografiya, me’morchilik va binokorlik usullari, madaniyat va etnik jarayonlar mazmunini muzey tashrifchilari uchun ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish