Do‘sanov Elbek Absamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi): “Mahallada o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari”, 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P460.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahallada o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar  ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalanishida irodaviy va motivatsion jihatlar hamda ijobiy tafakkurning differensial shakllanganlik darajasi destruktiv diniy axborotlarga, kompyuter va internetga tobelikka korreksion – adaptiv ta’sir etish orqali emotsiyalarni nazorat qilishi sababli shaxs subektiv kechinmalari ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari destruktiv axborotlarga nisbatan shaxslilik xususiyatlari, emotsiyalarini nazorat qilish va o‘zini konstruktiv o‘zgartirish xususiyatlari internet ma’lumotlarini tushunish darajasini kuchaytirganligi tufayli psixoemotsiogen vaziyatlarda “engib o‘tuvchi xulq”ni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
mahallada o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning psixologik jihatlari gipertim, rasmiy, qo‘zg‘aluvchan, emotiv, namoyishkorona, sikloid, xavotirlanish, rigid, ekzaltr xususiyatlarini o‘zaro integrativ namoyon bo‘lishi tufayli xarakter aksentuatsiyasi tipiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari internetdagi axborotlarni konstruktiv qabul qilish, vaqtni idrok etish, internetning ijobiy va salbiy xususiyatlarini anglash hamda internetdagi axborotlarni tushunishning refleksiv darajada namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxsning axborotga nisbatan ijodiy tafakkurini rivojlantirish omillari asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahallada o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalanishida irodaviy va motivatsion jihatlar hamda ijobiy tafakkurning differensial shakllanganlik darajasi destruktiv diniy axborotlarga, kompyuter va internetga tobelikka korreksion – adaptiv ta’sir etish orqali emotsiyalarni nazorat qilishi sababli shaxs subektiv kechinmalari ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 26-avgustdagi PM-89-a-sonli buyrug‘i bilan “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallada o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalashda virtual ta’sirlar (addiksiya)ga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlashga erishilgan;
o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari destruktiv axborotlarga nisbatan shaxslilik xususiyatlari, emotsiyalarini nazorat qilish va o‘zini konstruktiv o‘zgartirish xususiyatlari internet ma’lumotlarini tushunish darajasini kuchaytirganligi tufayli psixoemotsiogen vaziyatlarda “engib o‘tuvchi xulq”ni qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 26-avgustdagi PM-89-a-sonli buyrug‘i bilan “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual olam ta’siridan himoyalashga doir psixodiagnostik metodikalarni boyitishga erishilgan;
mahallada o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning psixologik jihatlari gipertim, rasmiy, qo‘zg‘aluvchan, emotiv, namoyishkorona, sikloid, xavotirlanish, rigid, ekzaltr xususiyatlarini o‘zaro integrativ namoyon bo‘lishi tufayli xarakter aksentuatsiyasi tipiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga doir yangiliklar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 26-avgustdagi PM-89-a-sonli buyrug‘i bilan “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik taʼminotini yanada boyishi taʼminlanishiga xizmat qilgan;
o‘smirlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari internetdagi axborotlarni konstruktiv qabul qilish, vaqtni idrok etish, internetning ijobiy va salbiy xususiyatlarini anglash hamda internetdagi axborotlarni tushunishning refleksiv darajada namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxsning axborotga nisbatan ijodiy tafakkurini rivojlantirish omillari asosida dalillanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 26-avgustdagi PM-89-a-sonli buyrug‘i bilan “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahallada o‘smir yoshlarni virtual olam ta’siridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari bilan bog‘liq ilmiy-amaliy natijalarni boyitilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish