Qo‘chqorova Oysha Oltiboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smir qizlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini kitobxonlik asosida shakllantirish (Sharq mutafakkirlari ijodi misolida)” mavzusidagi 13.00.01 - Pedagogika nazariyaci. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2/PhD924.
Ilmiy raxbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, profeccor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muhammad, pedagogika fanlari doktori, professor; Narziqulova Dilnoza Xashimjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smir qizlarni kitobxonlik asosida sharqona ma’naviy-axloqiy dunyoqarashlarini shakllantirishning pedagogik mazmuni texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir qizlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘smir qizlarda mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirishning sharqona ma’naviy-axloqiy tarbiyaning omillarini aniqlash va ularning ruhiy holatini bilish jarayonlari rivojiga bog‘liq imkoniyatlar asosida aniqlashtirilgan;
o‘smir qizlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishning etnopedagogik xususiyatlari sharqona milliy tajribalar va an’analarning identiv mezonlarini belgilovchi badiiy asarlarni bosh va yordamchi subektlarning tarbiyaviy funksiyalariga korrelyativligini belgilash  asosida aniqlashtirilgan;
o‘smir qizlarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish texnologiyasi shaxsda kitobxonlik madaniyati komponentlariga muvofiq ta’lim-tarbiyaga milliy yondashuv, evristik ta’lim metodlari, maxsus suhbat, muhokama, munozara o‘tkazish usullarining yosh xususiyatiga mosligini belgilash, faoliyat turlarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
kitobxonlik asosida o‘smir qizlarning ma’naviy-ahloqiy dunyoqarashlarini shakllantirish bosqichlari o‘smir qizlar ruhiyatidagi ziddiyatlar tabiatiga asoslanib, sharq mutafakkirlarning asarlari va o‘zbek adabiyoti namunalarida o‘smir qizlarning milliy obrazlarini  tahliliy ifodalash hamda refleksivlik mezonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir qizlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashlarini kitobxonlik asosida sharqona ruhda tarbiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
o‘smir qizlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘smir qizlarda mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirishning sharqona ma’naviy-axloqiy tarbiyaning va omillarini aniqlash va ularning ruhiy holatini bilish jarayonlari rivojiga bog‘liq imkoniyatlar asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar JHBL-22 raqamli “Oilada jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi kriminogen muhit kelib chiqish sabablarini tadqiqi etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 10 fevraldagi 02-07-398/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘smir qizlarni kitobxonlik asosida milliy sharqona ma’naviy-axloqiy dunyoqarashilarini shakllantirishda mustaqil mutolaa madaniyatining pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
o‘smir qizlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishning etnopedagogik xususiyatlari sharqona milliy tajribalar va an’analarning identiv mezonlarini belgilovchi badiiy asarlarni bosh va yordamchi subektlarning tarbiyaviy funksiyalariga korrelyativligini belgilash  asosida aniqlashtirishga oid  takliflardan JHBL-22 raqamli “Oilada jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi kriminogen muhit kelib chiqish sabablarini tadqiqi etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 10 fevraldagi 02-07-398/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘smir qizlarning mustaqil mutolaasiga rahbarlik qilishda sharqona an’anaviy mezonlarni bilishga sharoit yaratilgan;
o‘smir qizlarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish texnologiyasi shaxsda kitobxonlik madaniyati komponentlariga muvofiq ta’lim-tarbiyaga milliy yondashuv, evristik ta’lim metodlari, maxsus suhbat, muhokama, munozara o‘tkazish usullarining yosh xususiyatiga mosligini belgilash, faoliyat turlarini qo‘llashga doir tavsiyalarni ilmiy asoslash orqali takomillashtirishga oid takliflar JHBL-22 raqamli “Oilada jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi kriminogen muhit kelib chiqish sabablarini tadqiqi etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 10 fevraldagi 02-07-398/04-son dalolatnomasi). Natijada sharqona ma’naviy-axloqiy tarbiyada milliy urf-odatlar va kitobxonlikning o‘smir qizlar faoliyatida tutgan o‘rnini ko‘rsatishga sharoit yaratilgan;
kitobxonlik asosida o‘smir qizlarning ma’naviy-ahloqiy dunyoqarashlarini shakllantirish bosqichlari o‘smir qizlar ruhiyatidagi ziddiyatlar tabiatiga asoslanib, sharq mutafakkirlarning asarlari va o‘zbek adabiyoti namunalarida o‘smir qizlarning milliy obrazlarini  tahliliy ifodalash hamda refleksivlik mezonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar JHBL-22 raqamli “Oilada jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi kriminogen muhit kelib chiqish sabablarini tadqiqi etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 10 fevraldagi 02-07-398/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘smir qizlar uchun samarali bo‘lgan yondashuv va faoliyat turlarini qo‘llash yo‘llarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish