Ruzmetov Dilshod Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dukkakli ekinlarining mikobiotasi, fitopatogen turlarining identifikatsiyasi va ularning kul`turalarini kolleksiyada saqlashni optimizatsiya qilish», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B802.
Ilmiy rahbar: Sherimbetov Anvar Gulmirzaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Botir Ochilovich, biologiya fanlari doktori, professor; Kadirova Gul`chexra Xakimovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning ayrim hududlarida dukkakli ekinlardan ajratilgan fitopatogen zamburug‘larning tur tarkibi, morfologik, molekulyar genetik identifikatsiyasi, filogeniyasini aniqlash, patogenlik xususiyatlarini baholash hamda kolleksiyasini yaratish va optimizatsiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning ayrim hududlarida kasallangan no‘xat, mosh, loviya, yasmiq, soya o‘simliklari namunalari va tuproq mikobiotalarining tur tarkibi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekistonda mikobiotasi uchun yangi Fusarium persicinum, Fusarium acuminatum, Fusarium brachygibbosum, Macrophomina phaseolina, Alternaria alstroemeriae turlari kasallangan dukkakli ekinlardan ajratib olingan va identifikatsiya qilingan;
ilk O‘zbekistonda uchraydigan Fusarium oxysporum, Fusarium equiseti, Fusarium persicinum, Fusarium acuminatum, Fusarium brachygibbosum, Macrophomina phaseolina, Alternaria alstroemeriae shtamlarini tef-1a gen fragmentining va ITS regionining nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan.
morfologik va molekulyar genetik usullar bilan aniqlangan turlarning patogenlik xususiyatlariga Xill va bosh usuli yordamida aniqlangan;
aniqlangan shtammlar monospora kul`turalarining kolleksiyasi yaratildi hamda kolleksiyada uzoq muddatda saqlash optimizatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dukkakli ekinlarning mikrobiotasi, fitopatogen turlarning identifikatsiyasi va kul`turalarni kolleksiyada saqlashni optimizatsiyasi  jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Respublikamizda no‘xat, soya, mosh, loviya dukkakli ekinlarda fuzarioz so‘lish va chirish kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ shtammlarining sof kul`turalari Fusarium brachygibbosum, Fusarium persicinum Fusarium acuminatum, Alternaria alstroemeriae, Macrophomina phaseolina turlarini Jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazining Mikroorganizmlar Milliy kolleksiyasida (World Data Center for Microorganism (WDCM) Collection of plant pathogenic and other microorganisms) ma’lumotlar bazasida GEPB WDCM №1228 (http:// www.wfcc.info/ccinfo/index.php/collection/by_id/1228/) ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 4/1255-2216-son ma’lumotnomasi). Natijada, dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan Fusarium, Alternaria, Macrophomina turkumlariga oid turlarini tadqiq qilishda global doirada foydalanish imkonini bergan;
no‘xat, soya, mosh, loviya dukkakli kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning 8 shtammi:  F. oxysporum R-22, F. equiseti R-25, F. acuminatum R-23, F. acuminatum– R-24, F. persicinum R-37, F. brachygibbosum R-29 zamburug‘i shtammining tef-1α geni fragmenti hamda Macrophomina phaseolina R-17, Alternaria alstroemeriae R-21 shtammining ITS regioniga asoslangan tur sikvensi bo‘yicha olingan natijalar NCBI (AQSh Milliy Biotexnologiya Axborot Markazi), EMBL-EBI Evropa nukleotid arxivi (Buyuk Britaniya, Kembridj) va DDBJ Yaponiya DNK ma’lumotlar bazasida (http://www.ebi.ac.uk) OP716769, OP716770, OP716771, OP716772, OP716773, OP716774 OQ073449, OQ073450 ID raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 16 martdagi 4/1255-548-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston hududida dukkakli ekinlarni kasallantiruvchi Fusarium, Alternaria, Macrophomina zamburug‘larining turkumi turlarining shtammlari o‘ziga xosligini aniqlash hamda ushbu shtammlarning nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchrovchi shtammlar bilan taqqoslash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish