Umarxanova Dildora Sharipxanovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirish», 12.00.10−Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Yu50.
Ilmiy maslahatchi: Xamedov Isa Axlimanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Rashidov Komil Kayumovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ismailov Baxadir Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik, uni tartibga soluvchi milliy qonunchilik va xalqaro huquqiy normalarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlik va jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik predmeti hamda qo‘llanilish sohalari bo‘yicha farq asoslangan;
“jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmi” tushunchasining mualliflik ta’rifida ekstradisiya, o‘zaro huquqiy yordam, ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni topshirish va qabul qilish, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy tibbiy davolanishi uchun fuqarosi bo‘lgan davlatga topshirish institutlardan iborat bo‘lgan yaxlit tizim ekanligi asoslangan;
jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik munosabatlarini tartibga soluvchi prinsiplarning yangi tasnifi shakllantirilgan;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni fuqaroligiga tegishli bo‘lgan davlatga jazo o‘tashni davom ettirish uchun topshirish va qabul qilishni amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan;
ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni fuqaroligiga tegishli bo‘lgan davlatda tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun topshirish va qabul qilishni amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan;
jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikning xalqaro amaliyotda ijobiy samara berayotgan shakllarini joriy etish zarurligi asoslangan hamda milliy qonunchilikka xalqaro normalarni implementatsiya qilish va mazkur sohadagi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan;
jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda universallik prinsipining qo‘llanilish doirasi, asoslari va tizimiga aniqlik kiritilgan;
javobgarlik muqarrarligini ta’minlash maqsadida davlatlarning vakolatli organlari birgalikda hakarat qilishini tartibga soluvchi “Tezkor-tergov guruhlarini tuzish to‘g‘risida”gi BMT Namunaviy shartnomasini qabul qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalarini normativ-huquqiy tartibga solish konsepsiyasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirish jarayonida olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi JPK va JIKga «Ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan, shuningdek, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun fuqaroligiga tegishli bo‘lgan davlatga topshirishni va qabul qilish» bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qonun loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2017 yil 28 apreldagi 26-17-1544-17-son ma’lumotnomasi). Busohaga oid bo‘lgan xalqaro shartnomalarda belgilangan O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish orqali vujudga kelgan qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etadi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirishga imkon bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov Departamenti tomonidan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov Departamentining 2017 yil 30 oktyabrdagi 18/6361-son ma’lumotnomasi). Bu sohasidagi hamkorlikning samarali yangi shakllarini O‘zbekiston amaliyotiga joriy etish orqali qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etadi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirishga imkon beradi;
BMTning Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan Jenevada o‘tkazilgan Xalqaro huquq seminarida qilingan ma’ruzada muallif tomonidan universal yurisdiksiya prinsipining qo‘llash doirasi hamda “Tezkor-tergov guruhlarini tuzish to‘g‘risida”gi BMT Namunaviy shartnomasini qabul qilish zarurati masalasida berilgan taklif va xulosalar Xalqaro huquq komissiyasi a’zolari tomonidan ma’qullangan va keyinchalik Xalqaro huquq komissiyasi faoliyatida foydalanishi mumkinligi bildirilgan (2017 yil Jeneva universitetining 21 iyuldagi ma’lumotnomasi). Mazkur natija Xalqaro huquq komissiyasining keyingi yig‘ilishlarida muhokama qilinadigan mavzular qatoriga kiritilgan, bu esa, xalqaro huquqning jadal rivojlanishi va kodifikatsiyasi uchun yordam bergan;
jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlik va jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik predmeti hamda qo‘llanilish sohalari, “jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik mexanizmi” tushunchasining mualliflik ta’rifi hamda prinsiplarning yangi tasnifi «Xalqaro huquq» darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i bilan darslik sifatida nashr qilishga ruxsat berilgan. Ro‘yhat raqami 603-234). Bu yangi bilimlar berish va ko‘nikmalarini shakllantirishda manba bo‘lib xizmat qilgan
milliy qonunchilik normalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 21 fevraldagi 06/1-05/333vx-son ma’lumotnomasi) tomonidan ma’qullangan. Bu natija jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalarini tartibga soluvchi normativ bazani takomillashtirishga yordam bergan.