Turakulov Vali Norkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida o‘rta tibbiyot xodimlarini faoliyatini takomillashtirish va malakasini oshirish», 14.00.33 - Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1778.
Ilmiy rahbar: Narmuxamedova Nazira Azizovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019. Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Madina Karimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida faoliyat olib boruvchi o‘rta tibbiy xodimlarning ijtimoiy, tibbiy va kasbiy xususiyatlarini aniqlash va ushbu xususiyatlarni aholiga ko‘rsatilayotgan hamshiralik parvarishi samaradorligiga ta’sirini baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari o‘rta tibbiyot xodimlarning strecsga chalinish hodisalari me’yoriy darajalarini baholash orqali “kasbiy charchoq” sindromining taranglik, rezistentlik, charchoq fazalari aniqlangan;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmatini modernizatsiya qilish va patronaj xizmatining yangi universal-progressiv modeliga o‘tish orqali o‘rta tibbiyot xodimlarining ish samaradorligi sifatining oshishi va xizmat ko‘rsatishda ushbu model tibbiy-ijtimoiy yo‘nalishlarda differensirlashgan yondashuvni ta’minlashi isbotlangan;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida o‘rta tibbiyot xodimlarning gibrid usulda (masofaviy, an’anaviy) uzluksiz kasbiy malakasini oshirish va malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddatini qisqartirish samarali ekanligi asoslangan;
ilk bor birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida o‘rta tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini oshirishda noananaviy bo‘lgan qulay va zamonaviy keng miqiyosda qamrab olishning umumiy hajmini belgilovchi, uzluksizlikni ta’minlovchi ta’lim platformasining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2023 yil 31 maydagi 4-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 21 yanvardagi 08/01-121-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari o‘rta tibbiyot xodimlarning stresga chalinish hodisalari me’yoriy darajalarini baholash orqali “kasbiy charchoq” sindromining taranglik, rezistentlik, charchoq fazalari aniqlanib, bu o‘z navbatida o‘rta tibbiyot xodimlarning samarali kasbiy faoliyatiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-gigienik va tibbiy-biologik omillarni, hamshiralarning salomatlik holati va bevosita kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan emotsional zo‘riqish alomatlarini aniqlashni talab qilishi Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2022 yil 7 fevraldagi 19-sonli buyrug‘i bilan Navoiy shahar va Karmana tuman tibbiyot birlashmalari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rta tibbiyot xodimining har bir echilmay qolgan muammolari vaqt o‘tgan sari psixologik o‘zgarishlar (asabiylik, diqqatning yo‘qligi, atrofda bo‘ladigan ishlarga beparvolik va loqaydlik)ni yuzaga keltiradi. Bunga o‘z vaqtida e’tibor berilmasa, xodim sog‘lig‘ida jiddiy o‘zgarishlarga duch keladi. O‘rta tibbiyot xodimlari, ayniqsa, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini yaxshilashdan iborat. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rta tibbiyot xodimlarining ishdan ajralmagan holda uzluksiz kredit modulli tizim asosida masofadan turib malaka oshirishni tashkil etish orqali iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqilgan. Xulosa: xodimning ishlash qobiliyati pasayishi natijasida o‘rindosh xodimga 30% ustama to‘lash xarajatlari 480 315 so‘m tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmatini modernizatsiya qilish va patronaj xizmatining yangi universal-progressiv modeliga o‘tish orqali o‘rta tibbiyot xodimlarining ish samaradorligi sifatini oshishi va xizmat ko‘rsatishda ushbu model tibbiy-ijtimoiy yo‘nalishlarda differensirlashgan yondashuvni ta’minlashi muassasalarida «muammoni aniqlash va yo‘naltirish» tamoyilidan «muammoga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfni o‘z vaqtida aniqlash va yo‘q qilish yoki sezilarli darajada kamaytirish» tamoyiliga o‘tish asosida o‘rta tibbiyot xodimlar ish faoliyati takomillashtirish va mehnat samaradorligini oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni hisobga olgan holda turli bemorlar bilan muloqot vaqtida to‘planadigan negativ omilni kamaytirish va nazorat qilish samarali ekanligi Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2022 yil 7 fevraldagi 19-sonli buyrug‘i bilan Navoiy shahar va Karmana tuman tibbiyot birlashmalari (1-ilova), shuningdek, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining 2022 yil 10 fevraldagi 9-sonli buyrug‘i bilan Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hamda uning Jizzax filiali (2-ilova) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘rta tibbiyot xodimning portreti (prototipi) yaratilib, o‘rta tibbiyot xodimlarning samarali kasbiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-gigienik va tibbiy-biologik omillarni kamaytirish orqali o‘rta tibbiyot xodimlarining jismoniy salomatlik holati yaxshilanib, kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy-emotsional zo‘riqish holatlari kamaygani, ma’lum miqdorda hayot sifatlari ko‘tarilgani bilan asoslangan;
o‘rta tibbiyot xodimning oiladagi ijtimoiy holati va ish prinsiplarining murakkabligi hamda salomatligini inobatga olgan holda xodim kompetensiyasining transformatsiyasi ish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi tibbiy yordam muassasalarida ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilash, o‘rta tibbiyot xodimlarining ish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda ularning ishiga salbiy ta’sir etadigan omillarni bartaraf etish imkonini bergan. Quyi bo‘g‘in o‘rta tibbiyot xodimlari ishidagi muhit va ishning to‘g‘ri tashkil etilganligini aniqlash, tibbiy xizmat samaradorligi va xodimlar ishini monitoring qilish, muammolar echimiga yo‘naltirilgan xarajatlar (xizmat safari - 43 200 so‘m, o‘rindosh xodimga ustama kunlik 23 000 so‘m)ni iqtisod qilishga imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida o‘rta tibbiyot xodimlarning gibrid usulda (masofaviy, an’anaviy) uzluksiz kasbiy malakasini oshirish va malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddatini qisqartirish samarali ekanligi asoslanib, toifasiz hamshiralar 50,3% ni tashkil qiladi, toifali hamshiralar 49% da, faqat 22,4% hamshira oliy toifaga ega. O‘rta tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddatini qisqartirish toifa olish jarayonini soddalashtiradi va toifali xodimlar ulushi oshishi, malaka toifasini olish uchun talab etiladigan ish staji muddatini qisqartirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi “Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-102-son farmonning 4-bandiga asosan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalari bo‘yicha mazkur taklifning joriy qilinishi birlamchi tizimdagi o‘rta tibbiyot xodimlari o‘z ishiga ma’suliyatini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish hamda tibbiy xizmat samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 2020 yilning aprel, may, iyun oylarida pandemiya sababli markaz va filialda malaka oshirish ishlari gibrid shaklda (masofadan turib onlayn va an’anaviy) tarzda tashkil etildi. Bu jarayonda zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va telekonferensiya tizimlari hamda hamshiramalaka.uz onlayn ta’lim platformasidan keng foydalanildi. Natijada tinglovchilarning vaqtlari va xarajatlari sezilarli darajada kamaydi. Endi tibbiy xodim ishiga va oilasiga ko‘p vaqt ajratadigan bo‘libgina qolmay, uning ish samaradorligi ham ancha ko‘tarildi. Distansion guruh tinglovchilarning an’anaviy guruhdagi tinglovchilarga nisbatan o‘zlashtirishi sezilarli darajada 77,5% dan 91% ga oshgan. Xarajatlar 523 515 so‘mdan 65 000 so‘mgacha pasaygan, ya’ni 458 515 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida o‘rta tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini oshirishda noananaviy bo‘lgan qulay va zamonaviy keng miqiyosda qamrab olishning umumiy hajmini belgilovchi, uzluksizlikni ta’minlovchi ta’lim platformasining samaradorligi Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filiali amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: -o‘rta tibbiyot xodimlarining malaka oshirish tizimiga zamonaviy elektron ta’lim usullarini qo‘llash natijasida, birlamchi tizimda o‘rta tibbiyot xodimlarining uzluksiz kasbiy malakasini oshirishda yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatidan keng foydalanish hamda attestatsiya jarayonlarining avtomatlashtirilishi va shaffof o‘tkazilishini ta’minlab onlayn tartibda nazorat ostida tashkil etish imkonini bergan; uni samaradorligi hamda sohada yangi innovatsion texnologiyalar bozorini rivojlantirishi tasdiklangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filiali marketing va monitoring bo‘limining yillik ish rejasiga asosan 1 yilda 450 nafar patronaj hamshiralari malaka oshirishi kerak. Malaka oshirish kurslari bir yilda sentyabr`-iyun` oylarida 10 oy davomida tashkil etiladi va har oyda 45 nafar ya’ni 3 ta guruh malaka oshirish kurslari tashkil etilishini ko‘rsatadi. Ushbu patronaj hamshiralari distansion ta’lim tizimida malaka oshirishini hisobga olsak, bir yilda 458 515*450=206 331 750 so‘mni tejash va iqtisodiy samaradorlikni 88%ga etqazish imkonini bergan.