Rasulova Rayxon Baxritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “Umumta’lim maktablarining 7-9-sinf o‘quvchilarida matn yaratish kompetensiyasini shakllantirishning innovatsion texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3158.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mardanov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmonov Abdunazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Eshonkulova Surayyo Isomiddinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari o‘quvchilarining matn yaratish kompetensiyalarini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yozma nutqning odatiy-refleksiv va tezkor-operatsion xususiyatlari bilan assosatsiv uyg‘unlashtirish asosida o‘quvchilarning matn yaratish kompetensiyalarini uzlyuksiz rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishning pedagogik xususiyatlari va omillari aniqlashtirilgan;
sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarining matn yaratish kompetensiyalarini uzlyuksiz rivojlantirishning texnologik modeli modellashtirishning universallik va normativlik tamoyillarini maqsaddan natijaga yo‘naltirish hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligini modellashtirish usuli orqali ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasidan real ta’limiy sharoitda foydalanish asosida takomillashtirilgan;
emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy, refleksiv nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-didaktik komponentlarini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga pedagogik-psixologik jihatdan motivatsion-diagnostik moslashtirish asosida o‘quvchilarning matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirishning sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yozma nutqning odatiy-refleksiv va tezkor-operatsion xususiyatlari bilan assosatsiv uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan o‘quvchilarining matn yaratish kompetensiyalarini uzlyuksiz rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishning pedagogik xususiyatlari va omillari, o‘quvchilarning matn yaratish kompetensiyasi shakllanishining nazariy asoslari, nutqiy faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan o‘quvchilarining matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirish xususiyatlari bo‘yicha nazariy xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020-yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 17-yanvardagi 110-son dalolatnomasi). Natijada, matn yaratish kompetensiyasini shakllantiruvchi omillarning o‘quvchilarning intellektual tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyatini yoritishga xizmat qilgan;
modellashtirishning universallik va normativlik tamoyillarini maqsaddan natijaga yo‘naltirish hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy komponentlarning izchilligini modellashtirish usuli orqali ta’minlash asosida ishlab chiqilgan sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarining matn yaratish kompetensiyalarini uzlyuksiz rivojlantirishning texnologik modeli, umumta’lim maktablari 7-9-sinf o‘quvchilarining matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirishda ona tili va adabiyoti fanlari mazmuniga qo‘yilayotgan talablar, matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirish innovatsion texnologiyalari, metodlari va usullari borasidagi taklif va tavsiyalardan o‘quvchilarni xalqaro PISA baholash dasturiga tayyorlash jarayonida foydalanilgan, o‘quvchilarining matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirishda foydalaniladigan innovatsion texnologiyalarni o‘rinli qo‘llash maqsadida “Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 – yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i). Natijada, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasidan real ta’limiy sharoitda foydalanish asosida takomillashtirilgan matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari, emotsional-obrazli, intellektual-ijodiy, refleksiv nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-didaktik komponentlarini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga pedagogik-psixologik jihatdan motivatsion-diagnostik moslashtirish asosida o‘quvchilarning matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirishning sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlari, o‘quvchilarning matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirish borasidagi metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”da efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyolashda foydalanilgan (2021-2022-yillarda) (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-dekabrdagi 04-36-2040-son bayonnomasi). Natijada, ta’lim tizimiga xalqaro baholash tadqiqotlari talablariga mos yangi islohotlarni joriy qilishni kuchaytirishga xizmat qilgan.