Jumaniyozova Nuriya Axmedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillarida yuridik diskursning pragmalingvistik xususiyatlari », 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili), (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2101.
     Ilmiy rahbar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
     Rasmiy opponentlar: Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida yuridik diskursning pragmalingvistik xususiyatlari orqali presuppozitsiya, yuridik nutq aktlari va ularning kommunikativ jarayonda qo‘llanilishidagi o‘xshash va farqli (izomorf va allomorf) jihatlarini aniqlashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida yuridik diskursning struktur va pragmasemantik tabiatining ochib berilishi asosida sodda yoyiq uyushiq bo‘lakli gaplar, shaxssiz gaplar va so‘z-gaplar, to‘liq va to‘liqsiz bo‘lgan ikki sostavli gaplar, undalma va kirish bo‘laklar bilan murakkablashgan gaplar hamda morfologik sath birliklari presuppozitsiyasi faolligi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillari yuridik diskursida ishontirish (ko‘ndirish), adashtirish, chalg‘itish va majburlash kabi ta’sir ko‘rinishlari illokutiv aktning natijasi sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida illokutiv yuridik nutq aktlari, reprezentativ (xabar) hamda direktiv (undash)lar yuridik diskursda yetakchi illokutiv aktlar ekanligi statistik isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “jinoyat” freym strukturasining konseptual- kognitiv jihatlari asosida yuridik diskursning nominativ birliklari aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida yuridik diskursning pragmalingvistik xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillari nominativ maydonida yuridik diskursning nominativ birliklarini konseptual-kognitiv yondashuv asosida aniqlash va “JINOYaT” freym strukturasini ishlab chiqish, shuningdek, ingliz va o‘zbek tillarida illokutiv yuridik nutq aktlari chog‘ishtirma aspektda o‘rganilishi va reprezentativ (xabar) hamda direktiv (undash) lar yuridik diskursda yetakchi illokutiv aktlar ekanligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan IL-5221091396 raqamli 2022-yildagi “Yuridik terminlar elektron tezaurusi va innovatsion multimedia platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-martdagi 81-02-176-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek  tillari yuridik diskursida nominativ birliklarning konseptual-kognitiv yondashuv asosida aniqlanishi loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan;
ingliz va o‘zbek tillarida yuridik diskursning struktur va pragmasemantik aspektida sodda yoyiq uyushiq bo‘lakli gaplar, shaxssiz gaplar va so‘z-gaplar, to‘liq va to‘liqsiz bo‘lgan ikki sostavli gaplar, undalma va kirish bo‘laklar bilan murakkablashgan gaplar hamda morfologik sath birliklari presuppozitsiyasi faolligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 2023-yil 10-maydagi 10/769-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari asosida chiqarilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar fundamental loyiha doirasida dastur, elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va oʻzbek tillari yuridik diskursida ishontirish (koʻndirish), adashtirish, chalgʻitish va majburlash kabi taʼsir koʻrinishlari illokutiv aktning natijasi sifatida kommunikativ-pragmatik tahlil asosida namoyon boʻlishi kabi tadqiqot ishining ilmiy yangiliklaridan Oʻzbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining eng yirik huquqiy loyihalaridan biri “Xavfsiz migratsiya” xayriya loyihasida foydalanilgan (Oʻzbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining 2023-yil 22-maydagi 01-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan tarqatma materiallarning mazmundorligi oshirilib, mahalliy va xorijiy auditoriyani keng jalb qilishga hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish