Durxodjaev Shavkat Fayzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Patisconni (Cucurbita pepo var. patisson) serhosil nav va duragaylarini tanlash, ularni eng qulay ekish muddatlarini aniqlash”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx565
Ilmiy rahbar: Islamov Soxib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Dustmurotova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Aripova Shaxnoza Raxmanovna, qishloq xo‘jaligi falsafa fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi asosiy va takroriy ekin sharoitida patisson nav namunalarining qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘rganish, istiqbolli navlarni tanlash hamda maqbul ekish muddatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati sharoitida asosiy va takroriy ekinlar sharoitida patissonning 18 ta nav va duragaylarining qimmatli xo‘jalik belgilari aniqlangan;
patissondan asosiy va takroriy ekinlar sharoitida erta mahsulot olishda ertapishar “Kopeyka” va “Groshik” (36-37 kun) hamda tik o‘suvchi va kalta poyali “Pyatachok” va “Zolotoy medal`on” (46,8...58,5 sm) va ixcham poya kengligi “Pyatachok” va “Groshik” (61,4...70,5 sm) navlari ekanlini aniqlangan;
asosiy va takroriy ekinlar sharoitida etishtirishda yuqori hosildorlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan oq mevali Letayushhaya tarelka (12,2 va 9,8 t/ga); yashil mevali Fonarik (15,1 va 12,0 t/ga); sariq mevali Solnishko (19,1 va 15,2 t/ga) navlari ekanligi aniqlangan;
asosiy va takroriy ekinlar sharoitida patisson navlarini aprel va iyun oyining I- va II-dekadasigacha ekish yuqori natija berganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Patisonning serhosil nav va duragaylarini tanlash, ularni eng qulay ekish muddatlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar natijasida:
«Asosiy va takroriy ekin sifatida patisson (Cucurbita pepo var. patisson) etishtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 dekabrdagi 07/23-9324-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar bugungi kunda fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari ekin maydonlarida patisson etishtirish va undan yuqori hosil olishda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
tanlab olingan patissonning serhosil navlari Toshkent viloyati Qibray va Quyi Chirchiq tumanidagi “Qibray Durxodjayev Agro Fayz” va “Abduqodir Abduvahob Fayz” fermer xo‘jaliklarida, “TCT FISH CLUSTER” MChJ klasterida 1,7 gektar, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani “Qorsoqli” fermer xo‘jaligida 1 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 dekabrdagi 07/23-9324-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir fermer xo‘jaligida “Solnishko” navidan asosiy ekinda 13,5 t/ga, takroriy ekinda 9,7 t/ga hosil olingan;
Andijon viloyati Izboskan va Andijon tumani “Karimov Ilxomjon serhosil yeri” va “Xosildor G‘olib” fermer xo‘jaliklarida 2 gektar, Xorazm viloyati Gurlan tumani “Sirojbek bog‘bon” fermer xo‘jaligida 1 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 dekabrdagi 07/23-9324-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir fermer xo‘jaligida patissonning “Solnishko” navidan asosiy ekinda 15,2 t/ga, takroriy ekinda 12,5 t/ga hosil olingan, bir gektar maydondan 28300 ming so‘m sof daromad olingan va rentabellik 84,4 foizni tashkil etgan.