Abdurahmonov Olim Shoyqulovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Samaradorligi yuqori urug‘lik chigit delinterlash mashinasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari  ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2022.4 PhD/T3303
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya shnstituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc 30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Akramov Alisher Ashuralievich, texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafoevich texnika fanlari doktori, professor, Rosulov Ro‘zimurod Xasanovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi urug‘lik chigitni bir bosqichli tuksizlantirish jarayonini samaradorligini oshirish va chigitning mexanik shikastlanishini kamayishini ta’minlovchi resurstejamkor takomillashtirilgan arra-metall cho‘tkali baraban konstruksiyali delinterlash mashinasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urug‘lik chigitlarni tuksizlantirish jarayonini samaradorligini oshirish va chigitning mexanik shikastlanishini kamayishini ta’minlovchi takomillashtirilgan arra-metall cho‘tkali delinter silindrining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
delinterlash jarayonida chigit shikastlanishi va momiq iflosligi oshmasligi uchun ishchi kameradagi chigitlar oqimini arra-metall cho‘tkali baraban zarbasidan keyingi uchish traektoriyasining kattaligi asoslangan;
samarali delinterlash jarayonini va yuqori ish unumdorligini amalga oshiradigan arra-metall cho‘tkali baraban qamrov burchagining, havo bosim kuchining va ishqalanish koeffisientining ratsional qiymatlari aniqlangan;
urug‘lik chigitni tuksizlantirish uchun delinterning takomillashtirilgan silindrining asosiy parametrlaridan metall cho‘tkali diskning diametri, arra tishining profili, silindrning aylanish tezligi va ish unumdorligi nazariy va tajribaviy aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. UChDMning takomillashtirilgan arra metal cho‘tkali barabanini konstruksiyasini ishlab chiqish ilmiy natijalari asosida.
UChDMning takomillashtirilgan arra metal cho‘tkali barabani “Art Soft Textile Cluster” MChJ ga qarashli urug‘lik chigit tayyorlash sexiga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining
2023 yil 23 martdagi №03/11-255-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida delinterlash mashinasining ish unumdorligi 16,26 foizga ortdi va 2,5 foiz pux maxsuloti o‘rniga momiq maxsuloti olishga erishilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish