Reimbaeva Zuxra Almaz Qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligini institutsional rivojlantirish istiqbollari”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1980.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Rustam Xusanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning institutsional asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi sohasida xo‘jalik yuritishning samarali shakllariga transformatsiyalashuv jarayonlari uchun qulay muhitni shakllantirishda mulkiy va shartnomaviy munosabatlarning moslashuvchanlik xususiyatlarini oshirish taklifi asoslangan;
fermerlik instituti rivojlanishi hozirgi bosqichining institutsional asoslarini iqtisodiy subektlar o‘rtasidagi xo‘jalik shartnomalarining tavsifi, predmeti, amal qilish muddati va javobgarlik darajalariga ko‘ra tabaqalashgan tizimini qo‘llash orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligida mol-mulk bilan solidar ravishda subsidiar javobgarlik institutini takomillashtirishga ko‘ra dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish afzalliklaridan samarali foydalanish asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyalarini hisobga olgan holda fermer va dehqon xo‘jaliklarida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligini institutsional asoslarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy va amaliy takliflar asosida:
qishloq xo‘jaligi sohasida xo‘jalik yuritishning samarali shakllariga transformatsiyalashuv jarayonlari uchun qulay muhitni shakllantirishda mulkiy va shartnomaviy munosabatlarning moslashuvchanlik xususiyatlarini oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining faoliyat amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 3-martdagi 03/015-748-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi fermerlik institutini yanada barqaror rivojlanishi uchun iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy asoslar takomillashtirishga qulay zamin yaratgan;
fermerlik instituti rivojlanishi hozirgi bosqichining institutsional asoslarini iqtisodiy subektlar o‘rtasidagi xo‘jalik shartnomalarining tavsifi, predmeti, amal qilish muddati va javobgarlik darajalariga ko‘ra tabaqalashgan tizimini qo‘llash orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining faoliyat amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 3-martdagi 03/015-748-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasining rivojlanishini tartibga soluvchi qonunchilik asoslarini yanada takomillashuviga imkon yaratgan;
qishloq xo‘jaligida mol-mulk bilan solidar ravishda subsidiar javobgarlik institutini takomillashtirishga ko‘ra dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish afzalliklaridan samarali foydalanish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining faoliyat amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023- yil 3-martdagi 03/015-748-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi dehqon xo‘jaliklari shartnoma shartlari bajarilishida javobgarlik darajasining oshirilishiga imkon yaratgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyalarini hisobga olgan holda fermer va dehqon xo‘jaliklarida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning 2026-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining faoliyat amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 3-martdagi 03/015-748-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognozlarning amaliyotga joriy etilishi mintaqada fermer va dehqon xo‘jaliklarining asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining uzoq muddatli istiqboldagi ishlab chiqarish hajmlari dinamikasiga muvofiqlashtirish imkonini yaratgan.