Voxidova Mehri Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivojlanishida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning ta’siri (Navoiy viloyati misolida)”, 08.00.09–Jahon iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Ilmiy rahbar: Umurzoqov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt299.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/Yu/I./S/24.01
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlar doktori, professor, Islamov Baxtiyor Anvorovich, iqtisodiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida tadbirkorlik jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy asosdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro iqtisodiy integratsiya natijasidagi salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida o‘rta tadbirkorlik tushunchasini iqtisodiyotda qo‘llash zarurati asoslangan;
erkin iqtisodiy hudud va xalqaro iqtisodiy integratsiya tadbirkorlikning barcha shakllarini asosiy himoya va rivojlantirish instrumenti ekanligi asoslangan;
tadbirkorlik faoliyati doirasini kengaytirish maqsadida mamlakatdagi erkin iqtisodiy hududlarning o‘rni nazariy-ilmiy tahlil qilingan hamda erkin iqtisodiy hududlar joylashgan mintaqalarning samaradorlik darajasiga ta’siri ochib berilgan;
mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarning samaradorligini uch bosqichdan iborat bo‘lgan chora-tadbirlar dasturi yondashuvi asosida oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda xalqaro iqtisodiy integratsiyaning ta’sirini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish natijasida olingan takliflar Navoiy viloyati Zarafshon shahri tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Zarafshon shahar hokimining 2015 yil 9 martdagi 01/171-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi hududdagi tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish imkonini bergan;
Erkin iqtisodiy hududlar, ularning vazifa va maqsadlarini o‘rganish natijasida olingan takliflar Navoiy erkin iqtisodiy hududi faoliyatida tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Karmana tumani hokimligining 2016 yil 31 dekabrdagi 01-03/2291-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amalga oshirilishi natijasida Navoiy erkin iqtisodiy hududida innovatsion texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozlar berilgan, tadbirkorlik sub’ektlarining MDH mamlakatlarida tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlarda malaka oshirishini va hamkorlik qilish faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Navoiy erkin iqtisodiy hududining bevosita ishtiroki ta’minlangan, Navoiy erkin iqtisodiy hududi doirasida tranzit hududni tashkil etishga erishilgan;
xalqaro iqtisodiy integratsiyaning tadbirkorlik ta’siri bo‘yicha xorijiy tajribaning qiyosiy (Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi) tahlili asosida aniqlangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Takliflar jadvali”ga qabul qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2017 yil 18 apreldagi 11/ASh-07-2376-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar mamlakatda tadbirkorlikning innovatsion ko‘rinishlari (venchur, franchayzing) mexanizmini takomillashtirishda o‘z samarasini bergan.