Tursunova Gulbahor Sharofovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tikuv mashinasi gazlama surish mexanizmining konstruksiyasini va hisoblash metodlarini takomillashtirish”, 05.02.03.- Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1603
Ilmiy rahbar: Anvar Jo‘raev, texnika fanlari bo‘ycha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Muhammadiev Davlat Mustafoevich , texnika fanlari doktori, professor; Qurbonov Fazliddin Aminovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
tikuv mashinasi qayishqoq elementlari bo‘lgan materialni surish mexanizmi konstruksiyasini ishlab chiqish, nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida parametrlarini hisoblashning ilmiy asoslarini yaratish, amaliy jihatdan sifatli chok olishni taʼminlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikuv  mashinasi tarkibli kinematik juftlari va amortizatorli reykasi bo‘lgan materialni surish mexanizmini shatun va koromislolarning samarali konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
  tikuv mashinasi materialni surish mexanizmi reykali shatuni tebranish amplitudasini kinematik juftlar  qayishqoq elementlarining deformatsiyalarini inobatga olgan holda   shatun uzunligiga bog‘liqlik qonuniyatlari olingan  va parametrlarini aniqlangan;
   materialni surish mexanizmi qo‘llanilganda undagi rezinali amortizatorlar hisobiga o‘tish jarayonlaridagi, ayniqsa yuqori chastotali tebranishlar yoʻqotilishi hisobiga  o‘tish jarayonlari vaqti (1,2÷1,4) martagacha kamayishi aniqlangan;
       tavsiya etilgan tarkibli, qayishqoq elementli materialni surish mexanizmi bo‘lgan takomillashtirilgan  tikuv mashinasinig ishlab chiqarish sharoitida tajriba sinov natijalari  olingan va ishchi parametlari aniqlangan.                             
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tikuv mashinasi qayishqoq elementli, tarkibli reykali materialni surish mexanizmi konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori sifatli tikuv mashinasi qayishqoq elementli, tarkibli reykali materialni surish mexanizmi konstruksiyasini  “O‘zto‘qimachiliksanoat” tizimidagi “G‘AYRAT ChODAK” OOO, “Parvozteks” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022-yil 18 oktyabr №03/25-2944-sonli maʼlumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tikuv mashinasining ish  unumdorligini 1,1-1,2 baravar  oshidi,  ipning uzilishi 8÷9-marta kamaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish