Anvarov Javoxir Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tomir ichi tekshiruv usullaridan foydalangan holda koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarini stentlash taktikasini optimallashtirish», 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3083.
Ilmiy rahbar: Zufarov Mirjamol Mirumarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya Milliy tibbiy tadqiqot markazi” Federal davlat byudjet tashkiloti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozida optik kogerent tomografiyani qo‘llash va qon oqimining fraksion zaxirasini aniqlash orqali endovaskulyar aralashuv natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomir ichi tekshiruv usullari yordamida koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarini endovaskulyar aralashuvning turi va hajmini aniqlash uchun zarur bo‘lgan anatomik, fiziologik va morfologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
koronar arteriyalarning bifurkatsion zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda teri orqali koronar aralashuvning eng maqbul texnikasini tanlashda qon oqimining fraksion zaxirasini o‘lchash yon shoxchaning disseksiya chastotasini sezilarli darajada kamaytirishi isbotlangan;
optik kogerent tomografiya yordamida koronar arteriyalarni bifurkatsion stentlashda texnik muvaffaqiyatsizliklarning va intraoperatsion asoratlarning bashorat qiluvchi asosiy omillari aniqlangan;
koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarini revaskulyarizatsiya qilishning turli usullarini qo‘llashda stentning qoniqarli angiografik natijasi kabi ko‘ringan bemorlarda “nomaqbul implantatsiya” ni bashoratlash imkonini beruvchi salbiy oqibatlar prediktorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» ekspert kengashining 2023 yil 7 iyundagi 2x/6 son xulosasiga ko‘ra («Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 07.06.2023y., №479 sonli xat yuborilgan):
koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarining anatomik, fiziologik va morfologik xususiyatlarini hisobga olish, endovaskulyar aralashuvning turi va hajmini aniqlab, amaliyot vaqtidagi, yaqin va uzoq muddatli kuzatuv davridagi natijalarni takomillashtirib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy salbiy yurak hodisalari chastotasini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyrug‘i (01.06.2023y.; №477) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endovaskulyar aralashuvlardan keyin yuzaga kelish mumkin bo‘lgan asoratlar sonini minimallashtirish; amaliyotdan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirish; bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va mehnat faoliyatiga qaytarish; uzoq muddatli kuzatuv davrida asosiy salbiy yurak hodisalirini 11,1% dan 2% gacha kamayishi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tomir ichi tekshiruv usullaridan foydalanish hisobiga 1 nafar bemorda qayta amaliyot o‘tkazishdan 20 197 800 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 11,1% bemorlarda qayta endovaskulyar aralashuvlar o‘tkaziladi). Qayta endovaskulyar aralashuvlar darajasi 11,1% dan 2% gacha kamaygan, 54 nafar bemordan qayta aralashuvlar 6 nafardan 1 nafargacha kamaytirildi, demak 1 nafar bemordan 20 197 800 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 100 989 000 so‘mni tashkil etadi (5 nafar bemor uchun). Xulosa: tomir ichi tekshiruv usullaridan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 100 989 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi, shundan 60 593 400 so‘m byudjet mablag‘lari, 40 395 600 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Tomir ichi tekshiruvi usullaridan foydalangan holda koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarini stentlash taktikasini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 01.06.2023y.; №479 sonli xat yuborilgan;
koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarida asosiy arteriyani stentashdan so‘ng, yon shoxchada qon oqimining fraksion zaxirasini aniqlash qo‘shimcha amaliyotlarni, jumladan ballon angioplastikasi va undan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tomir disseksiyasi xavfini va majburiy stentlash amaliyotini oldini oladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyruq (01.06.2023y.; №477) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endovaskulyar amaliyotlar vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va uning natijasida majburiy qo‘shimcha aralashuvlar chastotasini kamaytirish; endovaskulyar amaliyotlar texnikasini takomillashtirish; angiografiya protokoliga koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarida yon shoxchada qon oqimining fraksion zaxirasini o‘lchashni kiritilishi yon shoxchaning angioplastikasini 48,7% ga va stentalash chastotasini 10,25% ga qisqartirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tomir ichi tekshiruv usullaridan foydalanish hisobiga 1 nafar bemordan bifurkatsion stenozlarni endovaskulyar davolash vaqtida qo‘shimcha ballon angioplastikasi uchun 801 500 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra), majburiy stentlash amaliyoti uchun 2 300 000 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qilindi. 39 nafar bemordan ballon angioplastikasi 19 nafarida bajarildi, demak 1 nafar bemordan 801 500 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 16 030 000 so‘mni tashkil etadi (20 nafar bemor uchun). 39 nafar bemordan stentlash 4 nafarida bajarildi, demak 1 nafar bemordan 2 300 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 80 500 000 so‘mni tashkil etadi (35 nafar bemor uchun). Xulosa: tomir ichi tekshiruv usullaridan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda qo‘shimcha ballon angioplastikasi uchun 16 030 000 so‘mni, iqtisod qilish imkonini berib, shundan 9 618 000 so‘m byudjet mablag‘lari, 6 412 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar; majburiy stentlash amaliyoti uchun esa 1 yilda 80 500 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 46 000 000 so‘m byudjet mablag‘lari, 34 500 000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Tomir ichi tekshiruvi usullaridan foydalangan holda koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarini stentlash taktikasini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 01.06.2023y.; №479 sonli xat yuborilgan;
koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarida endovaskulyar amaliyot o‘tkazish vaqtida optik kogerent tomografiyadan foydalanish koronar arteriyaning 3 o‘lchamli tasvirini namoyish etadi, bunda yo‘naltiruvchi sim asosiy qon tomirdagi stentning proksimal yoki distal katakchasidan o‘tkanligi aniqlanadi, bu esa o‘z navbatida yon shoxchada adekvat ballon angioplastikasi va stentlash amaliyotini bajarish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyruq (01.06.2023y.; №477) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endovaskulyar amaliyotlar vaqtida, yaqin va uzoq davrdagi muddatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va amaliyot natijalarini takomillashtiradi; bifurkatsion stenozlarda tomir ichi tekshiruv usullaridan foydalanish amaliyot vaqtidagi asoratlarni 16,7% dan 4% ga kamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Endovaskulyar amaliyot vaqtida 1 nafar bemorda yuzaga kelgan asoratlarni bartaraf etishga 3 101 500 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) sarflandi (tajribaga ko‘ra 16,7% bemorlarda endovaskulyar amaliyot vaqtida asoratlar kuzatildi). Tomir ichi tekshiruv usullaridan foydalanish hisobiga asoratlar darajasi 16,7% dan 4% gacha kamaydi, 54 nafar bemordan asoratlar 9 nafardan 2 nafargacha kamaytirildi, demak 1 nafar bemordan 3 101 500 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 21 710 500 so‘mni tashkil etadi (7 nafar bemor uchun). Xulosa: tomir ichi tekshiruv usullaridan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi amaliyot vaqtidagi asoratlar yuzaga kelishini kamaytirib, 1 yilda 21 710 500 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 12 406 000 so‘m byudjet mablag‘lari, 9 304 500 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Tomir ichi tekshiruv usullaridan foydalangan holda koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarini stentlash taktikasini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 01.06.2023y.; №479 sonli xat yuborilgan.
koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarini revaskulyarizatsiya qilishning turli usullarini qo‘llashda salbiy oqibatlarni bashorat qiluvchi omillar aniqlandi, bu esa stentning qoniqarli angiografik natijasi ko‘ringan bemorlarda “nomaqbul implantatsiya” ni bashoratlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: optik kogerent tomografiya yordamida stentash amaliyotidan keyingi olingan tasvirlar yordamida stentning “nomaqbul implantatsiya” mezonlari aniqlandi va ballon angioplastikasi bajarish bilan bartaraf etildi, bu esa o‘z navbatida natijalarni takomillashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyruq (01.06.2023y.; №477) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endovaskulyar amaliyotlardan uzoq davrdagi muddatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar (tomir trombozi, o‘rnatilgan stentlarning torayishi) chastotasini kamaytirish; Optik kogerent tomografiyadan foydalanish stentlar diametrini 18,9% ga kengaytirish imkonini berdi, bu esa uzoq muddatli davrda o‘rnatilgan stentlarning qayta torayishini 9,25% dan 2% ga kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: optik kogerent tomografiyadan foydalanish 1 nafar bemor uchun uzoq muddatli kuzatuv davrida yuzaga kelgan stent ichi torayishi sababli qayta amaliyot o‘tkazishga ketadigan sarf-xarajatlrni 15 097 000 so‘mga (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) iqtisod qildi. Uzoq muddatli davrda yuzaga kelgan stent ichi torayishini 7% ga kamaytirib, 54 nafar bemordan 5 nafaridan 1 nafargacha kamaytirildi, demak 1 nafar bemordan 15 097 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 60 388 000 so‘mni tashkil etadi (4 nafar bemor uchun). Xulosa: tomir ichi tekshiruv usullaridan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 60 388 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 45 291 000 so‘m byudjet mablag‘lari, 15 097 000 byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Tomir ichi tekshiruv usullaridan foydalangan holda koronar arteriyalarning bifurkatsion stenozlarini stentlash taktikasini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 01.06.2023y.; №479 sonli xat yuborilgan.