Gafurova Sevara Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chet davlatlardagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarining konsullik himoyasi institutining rivojlanishi”, 12.00.10–Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1PhD/Yu21.
Ilmiy rahbar: Xamedov Isa Axlimanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti. DSc.29.08.2017. Tar/Yu/I/S/24.01.
Rasmiy opponentlar: Adilxodjaeva Surayyo Mahkamovna, yuridik fanlar doktori, professor; Nugmanov Nugman Abdullaevich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chet davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolari huquqlarining konsullik himoyasini konsullik huquqi tizimidagi mustaqil huquq instituti sifatidagi tarixiy metodologik jihatlari hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini yoritish, konsullik himoyasi intstituti - fuqarolarning chet davlatlardagi huquqiy holatini belgilashda xalqaro-huquqiy elementi sifatida o‘rganish, milliy huquqshunoslik faniga konsullik diplomatiyasi tushunchasini kiritish va uni ilmiy asoslash hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
“konsullik diplomatiyasi” tushunchasi huquqiy ahamiyatining tizimli tahlili asosida konsullik diplomatiyasi shaxs va unga bog‘liq bo‘lgan xalqaro-huquqiy elementlar asosida shakllanishi aniqlangan va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
chet davlatlardagi fuqarolar huquqlarining konsullik himoyasi masalasi huquq instituti sifatida kompleks tarzda ochib berilgan;
konsullik himoyasining tarixiyligi, uning huquqning boshqa tarmoqlari va institutlari bilan aloqasi, o‘zaro bog‘liq va farqli jihatlarini tizimlashtirish asosida konsullik himoyasining huquqiy tabiati asoslangan;
ikki tomonlama konsullik konvensiyalarining nazariy-huquqiy va amaliy ahamiyatidan kelib chiqqan holda konsullik amaliyotining xalqaro shartnomalari bazasi elementlari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chet davlatlardagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarining konsullik himoyasi institutining rivojlanishi maqsadida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi hududida dafn etishda ko‘maklashish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining idoralararo qo‘shma qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2016 yil 3 fevraldagi 05/2824-son ma’lumotnomasi). Bu konsullik himoyasini amalga oshirishda tezkorlikni ta’minlashga, fuqarolarning chet davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan muloqotlarini engillashtirishga xizmat qilgan;
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2016 yil 3 fevraldagi 05/2824-son). Bu fuqarolarning chet davlatlarga chiqishlari va xorijiy davlatlar hududlarida bo‘lib turishlari va qaytishlari kabi holatlarda rasmiy-huquqiy jihatdan qator engillilar yaratgan.;
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibi” ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjatda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2016 yil 3 fevraldagi 05/2824-son va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016 yil 8 fevraldagi 01-08/191-son ma’lumotnomalari). Bu chet davlatlardagi fuqarolar huquqlarining konsullik himoyasini amalga oshirishlishida konsul va fuqaro o‘rtasidagi munosabatlarni yaqinlashtirishga xizmat qilgan.