Tajiboev Elmurod Maxmudjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Musiqa ta’limi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4188.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Ulug‘bek Ilyosovich, pedegogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Qirg‘izov Imyamin, pedegogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, Asqarova O‘g‘iloy pedegogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedegogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. umumta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik xususiyatlari musiqiy asarlarga qiziqish, idrok etish va qadriyatli munosabatni shakllantirish kabi komponentlarni kompetensiyaviy yondashuv bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlar bo‘yicha mantiqiy tuzilmasi integrativligini qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
interaktiv dasturiy vositalar orqali o‘quvchilarida milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlari dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda “Musiqiy ta’limda innovatsion yondashuv” elektron darsligi bilan ishlashda musiqiy dizayn virtual studiyasining didaktik imkoniyatlarini invariantli tartibda kengaytirib borish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarida milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishning art-texnologiyaga asoslangan musiqa, imago, kinezi, biblio, fototerapiya yo‘nalishlari teatrlashtirilgan, psixodrama, imitatsion modellashtirish, sirtqi sayohat kabi nostandart darslarni folklor art-Pedagogika bilan internal uyg‘unligini fonoPediklik darajasini faollashtirish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishda “Bolalar uchun milliy musiqa saboqlari”, “Milliy musiqa kichik akademiyasi”, “Musiqiy erudit” kabi darsdan tashqari innovatsion ish shakllarini ikki bosqichli (musiqiy bilimlarni shakllantirish va milliy musiqa tinglashga qiziqish) ko‘rinishda loyihalash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarda milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik xususiyatlarni musiqiy asarlarga qiziqish, idrok etish va qadriyatli munosabatni shakllantirish kabi komponentlarni kompetensiyaviy yondashuv bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlar bo‘yicha mantiqiy tuzilmasi integrativligini qat’iy belgilashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Musiqa” fanidan Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 27 dekabrdagi 01/11-02/02-1898 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning milliy musiqaga doir bilimlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
interaktiv dasturiy vositalar orqali o‘quvchilarida milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlari dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda “Musiqiy ta’limda innovatsion yondashuv” elektron darsligi bilan ishlashda musiqiy dizayn virtual studiyasining didaktik imkoniyatlarini invariantli tartibda kengaytirib borish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Musiqa” fanidan darslik va o‘qituvchi qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 27 dekabrdagi 01/11-02/02-1898 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, Musiqa fanining metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarida milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishning art-texnologiyaga asoslangan musiqa, imago, kinezi, biblio, fototerapiya yo‘nalishlari teatrlashtirilgan, psixodrama, imitatsion modellashtirish, sirtqi sayohat kabi nostandart darslarni folklor art-Pedagogika bilan internal uyg‘unligini fonoPediklik darajasini faollashtirishga doir takliflardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari uchun “Musiqa” mashq daftarlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 27 dekabrdagi 01/11-02/02-1898 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishda arttexnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishda “Bolalar uchun milliy musiqa saboqlari”, “Milliy musiqa kichik akademiyasi”, “Musiqiy erudit” kabi darsdan tashqari innovatsion ish shakllarini ikki bosqichli ko‘rinishda loyihalash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or Pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023 yil 28 yanvardagi 04/41-403 son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarda milliy musiqa tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishga imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.