G‘afurova Nozimaxon El`darovnaning

doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro normalarni implementatsiya qilish orqali O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot huquqini rivojlantirish», 12.00.10−Xalqaro huquq (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu89.

Ilmiy rahbari: Muxamedjanov Amanulla Zakirovich, yuridik fanlar doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/Yu/I/S/24.01.

Rasmiy opponentlar: Adilxodjaeva Surayyo Maxkamovna, yuridik fanlar doktori, professor; Nugmanov Nugman Abdullaevich, yuridik fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro normalarni implementatsiyasi orqali milliy tibbiyot huquqini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor shakllanayotgan tibbiyot huquqi milliy huquq tizimining yangi kompleksli huquq tarmog‘i sifatida asoslangan;

«tibbiyot huquqi» va «xalqaro tibbiyot huquqi» tushunchalarining mualliflik ta’rifida tibbiyot huquqi sog‘liqqa bo‘lgan huquq va boshqa institutlardan iborat bo‘lgan huquq tizimini kompleksli tarmog‘i sifatida namoyon etilgan hamda xalqaro tibbiyot huquqi – xalqaro huquqning shakllanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida ilmiy asoslangan;

tibbiyot huquqi va xalqaro tibbiyot huquqning yagona maqsadi hamda ajralmas nisbati, ya’ni sog‘liqqa bo‘lgan huquq ularni ham bazaviy, ham bog‘lovchi universal institutligi aniqlangan;

tibbiyot huquqi normalarini milliy tibbiyot huquqiga oid qonunchiligiga xalqaro normalarni implementatsiya qilish, milliy huquqiy aktlarga (qonunlar va qonunosti aktlari) mazkur sohadagi normalarni takomillashtirish yuzasidan shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

IV. Dissertatsiyani amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari.

Xalqaro normalarni implementatsiya qilish orqali O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot huquqini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar asosida:

shakllanayotgan tibbiyot milliy huquq tizimining yangi kompleksli huquq tarmog‘i sifatida asoslanganligidan «Tibbiyot huquqi» darsligining 1-bobida uslubiy asos sifatida foydalanilgan (ISBN № 978-9943-11-670-2). Mazkur natija tibbiyot huquqini nazariy asoslarini, hamda shakllanib kelayotgan milliy tibbiyot huquqini milliy huquq tizimidagi o‘rnini  belgilashga xizmat qilgan;

«tibbiyot huquqi» va «xalqaro tibbiyot huquqi» tushunchalarining mualliflik ta’rifidan «Tibbiyot huquqi» darsligining 1-bobida uslubiy asos sifatida foydalanilgan (ISBN № 978-9943-11-670-2). «Tibbiyot huquqi» va «xalqaro tibbiyot huquqi» tushunchalarining mualliflik ta’rifida miliy tibbiyot huquqi sog‘liqqa bo‘lgan huquq va boshqa institutlardan iborat bo‘lgan huquq tizimini kompleksli tarmog‘i sifatida namoyon etilgan; xalqaro tibbiyot huquqi esa xalqaro huquqning shakllanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, xalqaro huquq sub’ektlari (davlatlar, xalqaro tashkilotlar) tomonidan o‘rnatilgan jahon sog‘liqni saqlash tizimini maksimal yaxshilashga qaratilgan barcha xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi sog‘liqqa bo‘lgan huquqi bilan institusiyalashtirilgan xalqaro norma va prinsiplarning (xalqaro shartnomalarda mujassam bo‘lgan) jamlanmasi sifatida ilk bor izohlangan. Mazkur ta’riflarning boyitish bo‘yicha takliflar tibbiyot huquqini nazariy asoslarini, institusionalizatsiya yondashuvini takomilashtirishga imkon yaratgan;

tibbiyot huquqi va xalqaro tibbiyot huquqning nisbatiga kiritilgan aniqlikdan «Tibbiyot huquqi» darsligining 1-bobida uslubiy asos sifatida foydalanilgan (ISBN № 978-9943-11-670-2). Mazkur natija tibbiyot huquqini va xalqaro tibbiyot huquqini nazariy asoslarini, kelib chiqish sabablari va rivojlanish omillarini aniqlangani milliy va xalqaro tibbiyot huquqini rivojlantirishga hamda yuridik tabiatini aniqlashga hizmat qilgan;

tibbiy faoliyatning alohida turlarining huquqiy tartibga solish, jumladan, transplantologiya, evtanaziya va yashash huquqi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalaridan «Tibbiyot huquqi» darsligining 8-bobida  foydalanilgan (ISBN № 978-9943-11-670-2). Olingan natijalar tibbiyot huquqini normativ bazani takomillashtirishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish