Abdullaev Farrux Rustam o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabda ta’lim sifatini boshqarishda baholashning innovatsion usullarini joriy etish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3781.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01 
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailov Abduvali Abdumalikovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabda ta’lim sifatini boshqarishda baholashning innovatsion usullarini joriy etish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabda ta’lim sifatini boshqarishda baholashning innovatsion usullarni joriy etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari pedagogik monitoring jarayonlarining prognostik ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki (internal) va tashqi (eksternal) omillarning empiriklik darajasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
baholashning innovatsion usullari (diagnostik, formativ, summativ) o‘quvchilarda tayanch va fanga doir kompetensiyalarning shakllanganligini tashxis etishning Blum taksonomiyasiga asoslangan o‘quv maqsadlari bilan identivligini ta’minlash asosida amaliy ko‘nikmalarni baholash imkoniyatlari produktivligini oshirish orqali takomillashtirilgan;
maktabda baholashning innovatsion usullarini joriy etish orqali ta’lim sifatini boshqarish mexanizmi baholash natijalarining validligi va shaffofligini ta’minlash asosida kompyuterli (Computer-Based Assessment), ko‘p bosqichli (Multistage testing), kompyuterlashtirilgan moslashuvchan (Computerized adaptive testing) sinov bosqichlarini korrelyasion jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
baholashning innovatsion usullarini joriy etishning texnologik komponenti dalillarga va maqsadga asoslanganlik, rejalilik, natijadorlik tamoyillari asosida SWOT-matrisasi, TOP-10 strategiyasi, boshqaruvning harakatlar (Deming-Shuhart) siklini ta’lim sifatini boshqarish jarayonlariga adaptiv qo‘llashning samaradorligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabda ta’lim sifatini boshqarishda baholashning innovatsion usullarini joriy etish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
 maktabda ta’lim sifatini boshqarishda baholashning innovatsion usullarni joriy etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari pedagogik monitoring jarayonlarining prognostik ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki (internal) va tashqi (eksternal) omillarning empiriklik darajasini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Milliy o‘quv dasturining “Baholash komponenti”ni  ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 8-maydagi 04-02/3-377-son ma’lumotnomasi). Natijada, Milliy o‘quv dasturi asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarni yaratish jarayonlarini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
baholashning innovatsion usullari (diagnostik, formativ, summativ) o‘quvchilarda tayanch va fanga doir kompetensiyalarning shakllanganligini tashxis etishning Blum taksonomiyasiga asoslangan o‘quv maqsadlari bilan identivligini ta’minlash asosida amaliy ko‘nikmalarni baholash imkoniyatlari produktivligini oshirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Respublika ta’lim markazi va UNICEF xalqaro tashkiloti hamkorligida bajarilgan “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish” loyihasi doirasida o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini baholashning interaktiv dasturiy vositalarini (videodarslar) ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 8-maydagi 04-02/3-377-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha tabiiy fanlar (Science) o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
maktabda baholashning innovatsion usullarini joriy etish orqali ta’lim sifatini boshqarish mexanizmi baholash natijalarining validligi va shaffofligini ta’minlash asosida kompyuterli (Computer-Based Assessment), ko‘p bosqichli (Multistage testing), kompyuterlashtirilgan moslashuvchan (Computerized adaptive testing) sinov bosqichlarini korrelyasion jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bajarilgan “STesting” loyihasi doirasida “Stesting” platformasida o‘quvchilar tomonidan bajarilgan (PISA va TIMSS) topshiriqlarni tekshirish va baholash, natijalarni tahlil qilish mexanizmlarini hamda maktabda o‘qitish va baholash metodologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 8-maydagi 04-02/3-377-son ma’lumotnomasi). Natijada, PISA va TIMSS topshiriqlarini bajarishda o‘quvchilarda uchraydigan qiyinchiliklar, bilimdagi bo‘shliqlar, kuchli va zaif tomonlarni tezkor (operativ) aniqlash hamda tuzatish(korreksiya)lar kiritish va maktablarda ta’lim sifati monitoringini avtomatlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
baholashning innovatsion usullarini joriy etishning texnologik komponenti dalillarga va maqsadga asoslanganlik, rejalilik, natijadorlik tamoyillari asosida SWOT-matrisasi, TOP-10 strategiyasi, boshqaruvning harakatlar (Deming-Shuhart) siklini ta’lim sifatini boshqarish jarayonlariga adaptiv qo‘llashning samaradorligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bajarilgan “Qualification” loyihasi doirasida aniq va tabiiy fan o‘qituvchilariga sertifikat berishning milliy tizimini yaratish va pedagoglarni birinchi, oliy malaka toifasini olishga tayyorlash bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 8-maydagi 04-02/3-377-son ma’lumotnomasi). Natijada, aniq va tabiiy fan o‘qituvchilariga sertifikat berishning milliy tizimini joriy etish va maktablarda ta’lim sifatini boshqarish samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish