Sayfutdinov Bobur Nodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotni tuzish va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD/Iqt1378.
Ilmiy rahbar: Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotni tuzish va auditini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini haqqoniy shakllantirish maqsadida hisob siyosatiga 4911-“Yuridik shaxslar bilan hisoblashishlar bo‘yicha dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar” va 4912-“Jismoniy shaxslar bilan hisoblashishlar bo‘yicha dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar” ishchi schyotini kiritish ilmiy asoslangan;
debitor qarzdorliklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar bo‘yicha harajatlarni to‘g‘ri aks ettirish uchun hisob siyosatiga 9440-“Dargumon qarzlar yuzasidan rezerv shakllantirish bo‘yicha xarajatlar” ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish bosqichlari tarkibiga hisobot sanasidan keyingi hodisalar va faoliyat uzlyuksizligini baholash tartibini kiritish asoslangan;
moliyaviy hisobot auditi yakunlari bo‘yicha haqqoniy auditorlik xulosasini shakllantirishda yozma taqdimnomalardan foydalanish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotni tuzish va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
buxgalteriya hisobida debitorlik qarzlarining haqiqiy holatini aniqlash maqsadida 4911-“Yuridik shaxslar bilan hisoblashishlar bo‘yicha dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar” va 4912-“Jismoniy shaxslar bilan hisoblashishlar bo‘yicha dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar” ishchi schyotini kiritish bo‘yicha taklifi «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Jizzaxdonmahsulotlari» AJning 2023 yil 24 martdagi 128-son ma’lumotnomasi). Natijada, dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlarning yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha alohida yuritilishi ta’minlanib, moliyaviy hisobotda debitor qarzlarining aniq aks ettirilishi ta’minlangan;
moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini haqqoniy shakllantirish va debitor qarzdorliklari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar bo‘yicha xarajatlarni to‘g‘ri aks ettirish uchun 9440-“Dargumon qarzlar yuzasidan rezerv shakllantirish bo‘yicha xarajatlar” ishchi schyotini kiritish bo‘yicha taklifi «Jizzaxdonmahsulotlari» AJda hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Jizzaxdonmahsulotlari» AJning 2023 yil 24 martdagi 128-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarning davr xarajatlari tarkibida to‘g‘ri aks ettirilishiga va hisobot davrida moliyaviy natijalarning to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qilgan;
moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish bosqichlari tarkibiga hisobot sanasidan keyingi hodisalar va faoliyat uzlyuksizligini baholash tartibini kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan “Auditni rejalashtirish” nomli auditorlik tashkilotining ishchi standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2023 yil 30 martdagi 20-son ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy hisobot auditining tizimli tashkil etilishiga va auditorlik tekshiruviga sarflanadigan xarajatlarning 10 %ga tejalishiga olib kelgan;
moliyaviy hisobot auditi yakunlari bo‘yicha haqqoniy auditorlik xulosasini shakllantirishda yozma taqdimnomalardan foydalanish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan “Yozma taqdimnomalar” nomli auditorlik tashkilotining ishchi standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2023 yil 30 martdagi 20-son ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy hisobot auditi bo‘yicha auditorlik riskining kamayishiga, hamda haqqoniy auditorlik xulosasining tuzilishiga erishilgan.