Abdusamatov Alisher Abdugappar o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tola tozalash mashinalari ishchi organlari aerodinamik parametrlarini takomillashtirish” 05.02.03 - “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3842
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Aybek Palvanbaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Farxod Xayrullaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tola tozalagichlarning tozalash zonasi ishchi organini va aerodinamik parametrlarini takomillashtirish, yuqori sifatli tola olishni ta’minlaydigan ishchi organlarning parametrlari va harakat rejimlarini asoslash uchun hisoblash usullarini yaratish, tozalash bo‘limi elementlari bilan tolani o‘zaro ta’sirining nazariy va tajribaviy jarayonlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tola tozalagich tozalash zonasidan iflos aralashmalarni chiqarishni faollashtirish uchun qo‘shimcha havo oqimi tashkil qilishni ta’minlovchi arrali disk yaratilgan;
havo oqimi tezligini qutb burchagidan arralararo masofada taqsimlash va disklarning aylanish tezligi oshishi bilan uning qiymatini oshirishning chiziqli qonuniyati ishlab chiqilgan;
tozalash jarayonida arralararo bo‘shlig‘idan zarrachalar chiqishidagi oqim tezligi oshishiga olib keluvchi bog‘liqliklar koordinatani qutb tizimida arralararo masofadagi moddiy nuqta harakati tenglamasi tahlili asosida aniqlangan;
havo oqimi ta’siri ostida arralararo masofadagi tolalar tutamining ikki o‘lchovli harakat tenglamalari tizimi tuzilgan va tola tutamining harakat traektoriyasi eksponensial egri chiziqqa yaqin ekanligi Lagranchning II tartibli tenglamalari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiyada tavsiya etilgan ilmiy ishlanmalarni asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tola tozalagich arrali diski ishlab chiqilgan va foydali modelga xorijiy patent olingan (Tola tozalagichning arrali diski. RU FAP 211425. Rasmiy axborotnoma №16 06.06.2022 y.). Natijada tola tozalash samarodorligi 31,0 % dan 36,0 % ga oshgan. 
tola tozalagichning takomillashgan arrali diski “O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi «APK BUKA» MChJ klasteri qoshidagi Bo‘ka paxta tozalash korxonasiga joriy etildi ("O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari" uyushmasining 26 sentyabr 2022 yil 02/22-201-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aerodinamik parametrlari takomillashganligi va tolani yuqori navli tozalash natijasida chiqindilar tarkibidagi tola miqdori 3,75 % ga kamayganligi, tolani sifati 5 % ga oshganligi aniqlangan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish