Rahmonqulova Dilshoda Murodqo’zievnaning 
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan 
fan tarmog‘i): “Nemis tilida harbiy terminlar o’rgatishning pedagogik texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1986.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi.
Ilmiy rahbar: [Jalolov Jamol Jalolovich], pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Gulyamova Mavluda Xamitovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis tilida harbiy terminlarni o‘rgatish jarayonida kursantlarning ixtisosiy nutqini rivojlantirishga qaratilgan taklif 
va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
harbiy terminlarning pedagogik va lingvodidaktik imkoniyatlari harbiy ta’limning intizom, makon va vaqt nazorati kabi maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan tizimli o‘qitishning ko‘rgazmali o‘zlashtirish, tezkor monitoring komponentlarini “ixtisosiy nutq” konsepti bilan identivligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
nemis tili mashg‘ulotlarini loyihalashning harbiy mamlakatshunoslikka oid matnlarni tanlash va ular tarkibidagi terminlar bilan bevosita bog‘liq ustuvorlik, maqsadga yo‘nalganlik, fragmentatsiya, integratsiya kabi mezonlari harbiy lingvomamlakatshunoslikning translyasiya, kommunikatsiya, transformatsiya belgilarini o‘zida aks ettiruvchi “harbiy terminlar”ning harbiy o‘ziga xosligi sifatida ifoda etishning semantik darajalarida aniqlashtirilgan;
harbiy mamlakatshunoslikka oid matnlar vositasida chet til mashg‘ulotlarida harbiy terminlarni o‘rgatishga qo‘yiladigan metodik talablar “kasbiy muloqot yuritish”ga xos tarzda matnlarni o‘qish texnikasini o‘rgatishning 
tashkiliy-pedagogik va metodologik omilning empiriklik darajasini personal moslashuvchanlikda hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
nemis tilini harbiy terminlar vositasida o‘rgatishning loyiha texnologiyasi individual ish uslubi va mustaqil ishlarni bajarish va shaxs faoliyatiga yo‘naltirilgan, tizimli, hamkorlikdagi ta’limni didaktik maqbullashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy harbiy o‘quv yurtida terminlarni o‘rganish tajribasi yuzasidan olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
harbiy terminlarning pedagogik va lingvodidaktik imkoniyatlari harbiy ta’limning maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish texnologiyalariga doir metodik-texnologik komponentlarini “ixtisosiy nutq” konsepti bilan identivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid materiallardan “Nemischa–o‘zbekcha, o‘zbekcha–nemischa harbiy terminlar lug‘ati” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining 2022 yil 24 iyun 34 sonli qarori). Natijada, kursantlarga harbiy terminlarning pedagogik va lingvodidaktik imkoniyatlari harbiy ta’limining maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish texnologiyalariga doir metodik-texnologik komponentlari samaradorligi oshirilgan;
nemis tili mashg‘ulotlarini loyihalashning harbiy mamlakatshunoslikka oid matnlarni tanlash va ular tarkibidagi terminlar bilan bevosita bog‘liq ustuvorlik, maqsadga yo‘nalganlik, fragmentatsiya, integratsiya kabi mezonlari harbiy lingvomamlakatshunoslikning translyasiya, kommunikatsiya, transformatsiya belgilarini o‘zida aks ettiruvchi “harbiy terminlar”ning harbiy o‘ziga xosligi sifatida ifoda etish asosida aniqlashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Qarshi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida va Farg‘ona Davlat universiteti harbiy ta’limga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022- yil 10- oktyabrdagi 10/2042-con ma’lumotnomasi). Natijada kursantlarda nemis tilidagi harbiy terminlar o‘rgatishning didaktik omillari takomillashtirilgan;
harbiy mamlakatshunoslikka oid matnlar vositasida chet til mashg‘ulotlarida harbiy terminlarni o‘rgatishga qo‘yiladigan metodik talablar “kasbiy muloqot yuritish”ga xos tarzda kursantlarga kognitiv-kommunikativ yondashuv asosida matnlarni o‘qish texnikasini o‘rgatish bo‘yicha tashkiliy-pedagogik va metodologik omilning empiriklik darajasini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tomonidan bajarilishi 2022 yilga mo‘ljallangan “Burgut” shifrli №31 maxsus ilmiy-texnik vazifani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022- yil 10- oktyabrdagi 10/2042-con ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim tizimida nemis tilida harbiy terminologiya bo‘yicha ta’lim sifati nazorat qilish kafolatini ta’minlashda harbiy mamlakatshunoslikka oid matnlar vositasida chet til mashg‘ulotlarida harbiy terminlarni o‘rgatishga qo‘yiladigan metodik talablar ishlab chiqilgan:
nemis tilini harbiy terminlar vositasida o‘rgatishning loyihalash texnologiyasi individual ish uslubi va mustaqil ishlarni bajarish va shaxs faoliyatiga yo‘naltirilgan, tizimli, hamkorlikdagi ta’limni tashkil etishga doir yondashuvlarni dars va mustaqil ishlarga pragmatik tatbiq etish orqali takomillashtirishga oid takliflardan va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasida 2020-2022 yillarda bajarilgan Havo hujumidan mudofaa Radiotexnika qo‘shinlari o‘quv terminologik lug‘ati “Erudit” shifrli maqsadli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022- yil 10- oktyabrdagi 10/2042-con ma’lumotnomasi). Natijada nemis tilini harbiy terminlar vositasida o‘rgatishning loyihalash texnologiyasi individual mustaqil ishlarni bajarish asosida takomillashtirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish