Yunusov Bohodir Ismatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kon-metallurgiya texnogen chiqindilardagi metallarni boyitishning optimal pnevmoseparatsiya jarayonini va qurilmasini yaratish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T389.

Ilmiy rahbar: Artikov Askar Artikovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Djalol Paxriddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Dadaxodjaev Abdulla Tursunovich,texnika fanlari doktori, professor. 

Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kon-metallurgiyasi texnogen chiqindilaridagi metallarni boyitishning optimal pnevmoseparatsiya jarayoni va qurilmalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kon-metallurgiyasi texnogen chiqindilarini mavhum qaynash qatlamida pnevmoseparatsiyalash jarayonida boyitish jarayoniga zarrachalarning dispersligi ta’siri aniqlangan;

kon-metallurgiyasi texnogen chiqindilari cochiluvchan materiallarini mavhum qaynash qatlamida pnevmoseparatsiyalash apparatining ko‘p pog‘onali tizimi yaratilgan;

zarrachalarning mavhum qaynash va uchirish tezliklarini ularning o‘lchamlari va zichliklariga bog‘liqligi isbotlangan;

mavhum qaynash qatlamida sochiluvchan materiallarning pnemoseparatsiyalashning davriy va uzluksiz murakkab texnologik jarayonlarining matematik modeli yaratilgan;

kon-metallurgiyasi texnogen chiqindilari sochiluvchan materiallarini mavhum qaynash qatlamida boyitish texnologiyasi va qurilmasi uchun boshqaruv tizimlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kon-metallurgiyasi texnogen chiqindilari sochiluvchan materiallari va ularni mavhum qaynash qatlamida pnevmoseparatsiya texnologiyasi va qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kon-metallurgiyasi texnogen chiqindilaridagi metallarni boyitishning optimal pnevmoseparatsiya jarayonlari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metlallurgiya kombinati» AJning 2017 yil 20 noyabrdagi AA-9282-son ma’lumotnomasi). Natijada 0,030-0,050mm o‘lchamli zarrachalar uchun optimal boshlang‘ich va uchirish tezliklari, davriy va uzluksiz boyitishda engil va og‘ir komponentlar konsentratsiyalarining vaqt davomida o‘zgarishi aniqlanib, metallar chiqishini 7% oshirish imkonini bergan;

kon-metallurgiyasi texnogen chiqindilaridagi metallarni boyitishning optimal pnevmoseparatsiya qurilmasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metlallurgiya kombinati» AJning 2017 yil 20 noyabrdagi AA-9282-son ma’lumotnomasi). Natijada cochiluvchan materiallar maydalangan zarrachalarning  to‘rt chegara o‘lchamlarida (0,030÷0,033 mm; 0,034÷0,038 mm; 0,039÷0,044 mm va 0,045÷0,050 mm) boyitish metallar chiqishi unumdorligini 3-8% oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish