Saidov Farxod Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali kolostazni tashxislash va davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib142.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Yusuf Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali kolostaz bilan bolalarda yo‘g‘on ichakning anatom-fiziologik holatini hisobga olgan holda diagnostik verifikatsiyani optimallashtirish va optimal davolash taktikasini tanlash yo‘li bilan kompleks davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda kolostazning klinik kechish prognozi mezonlari unifikatsiya qilingan va sog‘liqni saqlash amaliyoti uchun ahvol og‘irligini aniqlash integral dasturlari va operativ amaliyotga ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;
surunkali kolostaz barcha bosqichlarida bolalarning yo‘g‘on ichagida obligat floraning buzilishi va kolonizatsion rezistentligi kuzatilib, Escherichia colining ichak biotsenoziga xos bo‘lmagan gemolitik shakllari aniqlangan;
surunkali kolostaz bilan bolalarning 39,5%ida ichak mikrobiotsenozi va motor faoliyatining buzilishi Clostridium difficile va III darajali disbakterioz bilan assotsiatsiyalanib, kasallik og‘ir residivlanuvchi kechishi isbotlangan;
surunkali kolostaz bilan bolalarda immunitetning T-hujayrali zvenosining immunoregulyator subpopulyasiyalari CD 4 – T-xelper-induktorlar va supressor/sitotoksik CD8 – T-limfotsitlari defisiti mahalliy immunitet sistemasining etilmaganligi (rivojlanmaganligi) fonida timusda etilish va apoptozga sezgirlikning adekvat emasligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
patogenezga asoslangan holda farmakologik va zarur bo‘lsa, xirurgik usullarning eng yaxshi tomonlarini optimal ravishda jamlagan kompleks davolash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali kolostaz bilan bolalarni tashxislash va davolashni yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda surunkali kolostazni tashxislash va davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 8n-d/44-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar bolalardagi surunkali qabziyatni tashxislash sifatini yaxshilash va umumiy verifikatsiya qimmatini oshirish imkonini bergan;
davolash-tashxislash algoritmi hamda «Bolalarda surunkali kolostazning bosqichini aniqlash dasturi», «Yo‘g‘on ichak holatini baholash va surunkali kolostaz bosqichini aniqlash dasturi», «Bolalarda surunkali kolostazni davolash taktikasini aniqlash dasturi» ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 8n-d/44-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan davolash-tashxislash algoritmi va dasturi bolalarda kolostaz klinik kechishi prognozining mezonlarini unifikatsiya qilish, ahvolning og‘irligi aniqlashtirish va operativ amaliyotga ko‘rsatmalarni optimallashtirish imkonini bergan;
surunkali kolostaz bilan bolalarni tashxislash va davolashga bag‘ishlangan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar xirurgiyasi bo‘limi, shuningdek 2-shahar klinik bolalar xirurgik kasalxonasining bolalar xirurgiyasi bo‘limi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 8n-d/44-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Taklif etilgan natijalar asosida surunkali kolostaz va uning asoratlarida yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish spektri sezilarli kengaytirilgan hamda ijobiy natijalarning ulushini 86,1% dan 93,4% gacha oshirish, kasallikning asosiy belgilarini bartaraf qilish uchun vaqt oralig‘ini va kasalxonada yotish muddatini 20,3±0,31 dan 9,2±0,18 gacha qisqartirish imkonini bergan.