Abdullaev Abror Xushmurotovichning
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tog‘-kon sanoatida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirish usullarini takomillashtirish”, 05.10.01 — Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2166.
ilmiy rahbar: Nurmamatova Rahima Rahmanovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori, Nurqulov Fayzullo Nurmo‘minovich va O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra boshlig‘i texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yaqubov Qodirjon Xusanbaevich.
II. Tadqiqotning maqsadi kon gruntlari emirilishida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirish usullarini tadqiq qilish, o‘pirilish, portlash xavflarining oldini olish va ishlovchi xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoyalash choralarini ko‘rishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
olib borilgan tadqiqotlar asosida tog‘-kon sanoatida minerallarni qazish turiga qarab, baxtsiz hodisalarni kamaytirish borasida, tizimning avtomatlashtirilgani va barqaror ishlashi, ishchilar saviyasi va mehnat sharoitining samaradorligini oshirish evaziga tog‘-kon sanoatida yong‘in va portlash xavfi 7-10 % gacha kamaytirish mumkinligi aniqlangan;
xavflarni kamaytirish elementlarini hisoblash jarayonida tog‘-kon sanoatidagi jinsning qattiqligi va gruntlarning siljish parametrlarini aniqlash, statik kuchlanish va stress tensorni hisoblash asosida ishlash samaradorligining mezonlari ishlab chiqilishiga erishilgan;
xavfsizlikni ta’minlash uchun vaqtni hisobga olish, jinslarning fizik-mexanik xususiyatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichidan foydalanish, siqilish-kuchlanish deformatsiya doimiy to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi, qoldiq deformatsiyalar 30% ga etishi aniqlangan va geomexanik loyihalash sxemalarining samarador jihatlari aniqlangan;
tajribalar asosida, maxsus komp’yuter dasturi yordamida yumshoq gruntlarni qazishda 1-1,2 mm qalinlikdagi panjarali shift-to‘siqlardan foydalanish evaziga, tezkor baholash, xavfni oldindan bashorat qilish va shamollatish nazoratini o‘rnatish orqali baxtsiz hodisalar xavfini 10-12% gacha kamaytirish usullari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘-kon sanoatida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar bo‘yicha:
tog‘-kon sanoatida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaruvchi bir-biriga bog‘liq bo‘lgan omillarni hisoblash, konlarda xavfga sabab bo‘luvchi asosiy omillarni aniqlash, va ilmiy asoslangan tadqiqotlar amaliyotga joriy etilgani to‘g‘risida Regionalgeologiya Davlat Unitar Korxonasida 2023 yil 27 yanvardagi № 9 / 01 raqamli dalolatnoma va “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasining 2023 yil 24-martdagi dalolatnomalari olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorat osti ob’ektlarida xavflarni kamaytirish usullari ishlab chiqilgani va amaliyotga joriy etilgani yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasidan 2023 yil 17 apreldagi 04/280-sonli ma’lumotnoma olingan. Natijada tog‘-kon sanoatida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirish usullarini takomillashtirishga erishilgan. Taklif etilgan xavfsizlik tadbirlari tan jarahotining oldini olish va baxtsiz xodisalar sodir bo‘lishi ehtimolini 29 % gacha kamaytirish mumkinligi aniqlangan.