Otamuradov Furqat Abdukarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qiz bolalarda anorektal tug‘ma nuqsonlar asosiy klinik turlari tashxisoti va davolash», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib140.
Ilmiy rahbar: Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Azamat Muxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Beknazarov Jumanazar Beknazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «N.I. Pirogov nomidagi milliy tibbiyot-xirurgiya markazi» federal davlat byudjet muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qiz bolalarda anorektal mal`formatsiyalar asosiy klinik turlarining diagnostikasi, xirurgik amaliyot taktikasi va usulini tanlashni optimallashtirish asosida xirurgik korreksiya natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda anorektal anomaliyalarning oraliq va pastki oqmali turlarining xirurgik korreksiya usuli ishlab chiqilgan;
qiz bolalarda anorektal mal`formatsiyalar asosiy klinik turlarning klinik xususiyatlari va diagnostikasi yordamchi usullarining ma’lumotlari sistemalashtirilgan;
qo‘shilib kelgan anomaliyalar 94% hollarda bolaning holatiga salbiy ta’sir etmasligi, biroq amaliyotdan keyingi funksional va rezidual buzilishlar yomonlashishiga undovchi omil bo‘lishi isbotlangan;
amalga oshirilgan davolash taktikasi va operativ amaliyot turli usullarining qiyosiy xarakteristikasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qiz bolalarda anorektal mal`fomatsiyalarning xirurgik korreksiyasi natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan «Bolalarda anorektal anomaliyalarning oraliq va pastki oqmali turlarida xirurgik korreksiya usuli» uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04995, 2014 yil). Taklif etilgan usul anorektal mal`formatsiyalar bilan bemorlarni davolashning bevosita va uzoq muddatdagi natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
«Bolalarda anorektal anomaliyalar diagnostikasi va davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi 8n-d/19-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar anorektal anomaliyalar diagnostikasi sifatini oshirish, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish imkonini bergan;
qiz bolalarda anorektal mal`formatsiyalarning xirurgik korreksiyasi natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika perinatal markazi va Toshkent shahar 2-bolalar xirurgik klinik kasalxonasi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 yanvardagi 8n-d/19-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Anorektal mal`formatsiya bilan qiz bolalar uchun taklif etilgan diagnostika va davolash kompleksi tekshirishlar va xirurgik davolash sifatini yaxshilash, asoratlar chastotasini 10,1% dan 3,2% gacha va o‘lim ko‘rsatkichini qisqartirish imkonini bergan.