Tilavoldiyev Nodir Xokimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston kapital bozorida institutsional investorlar tizimini rivojlantirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1707
Ilmiy rahbar: Jumayev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tashmuradova Buvsara Egamovna
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston kapital bozorida institutsional investorlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiya paketlarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish orqali xususiylashtirish taklif etilgan;
o‘z a’zolarining manfaatlarini ifoda etuvchi kapital bozori professional ishtirokchilarining o‘zini-o‘zi boshqaruvchi nodavlat birlashmasini tashkil etish asoslangan;
sug‘urta tashkilotlarining kapital bozorida institutsional investor sifatida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida respublikamizda faoliyat yuritayotgan va yangidan tashkil etilayotgan sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etish (qayta tashkil etish) taklif etilgan;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan tashkilot aksiyalarini xususiy, shu jumladan, xorijiy institutsional investorlarga sotish sharti bilan qo‘shimcha emissiya qilish orqali ularning ustav kapitalini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiya paketlarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etish orqali xususiylashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6207-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2023 yil 17 yanvardagi 06/46-35-/52-son ma’lumotnomasi). Natijada 20 dan ortiq davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini fond bozorida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 446-sonli qarori qabul qilindi va “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi;
o‘z a’zolarining manfaatlarini ifoda etuvchi kapital bozori professional ishtirokchilarining o‘zini-o‘zi boshqaruvchi nodavlat birlashmasini tashkil etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6207-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2023-yil 17-yanvardagi 06/46-35-/52-son ma’lumotnomasi). Bunda institutsional investorlar huquqlarini har tomonlama ishonchli himoya qilish, kapital bozori infratuzilmasini takomillashtirish orqali O‘zbekistonga institutsional investorlar tomonidan kiritiladigan uzoq muddatli xorijiy investisiyalar miqdorini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi;
sug‘urta tashkilotlarining kapital bozorida institutsional investor sifatida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida respublikamizda faoliyat yuritayotgan va yangidan tashkil etilayotgan sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etish (qayta tashkil etish) bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida” O‘RQ-730-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 14-apreldagi 02/2-05-493-son va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2023-yil 17-yanvardagi 06/46-35-/52-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 41 ta sug‘urta kompaniyalari faoliyati aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil (qayta tashkil) etildi hamda kapital bozorida institutsional investor sifatida faol ishtiroki ta’minlandi;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan tashkilot aksiyalarini xususiy, shu jumladan, xorijiy institutsional investorlarga sotish sharti bilan qo‘shimcha emissiya qilish orqali ularning ustav kapitallarini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4412-son Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 14-apreldagi 02/2-05-493-son va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2023-yil 17-yanvardagi 06/46-35-/52-son ma’lumotnomalari). Natijada 1115 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) xususiy sektorga to‘liq sotilishi belgilandi va kapital bozoriga uzoq muddatli moliyaviy resurslarga ega yirik institutsional investorlarni jalb qilishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish