Abdurizaev Abdumalik Abdugaffarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda siydik tuta olmaslik (tarqalishi, xavf omillari, diagnostikasi va davolash)», 14.00.31–Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib169.
Ilmiy maslahatchi: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Kas`yan Gevorg Rudikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Akilov Farxod Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Rustam Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ukraina Tibbiyot fanlari akademiyasi Urologiya ilmiy-tekshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siydik tuta olmaslikdan aziyat chekayotgan ayollarda diagnostikani optimallashtirish, konservativ va xirurgik davolashni takomillashtirish yo‘li bilan ko‘rsatilayotgan urologik yordam sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alloplantni qo‘llagan holda transobturator uretropeksiyani o‘ziga jamlagan xirurgik usul ishlab chiqilgan;
siydik tuta olmaslikni aniqlash uchun o‘zbek tilidagi ICIQ-UI SF so‘rovnomasining moslashtirilgan shakli ishlab chiqilgan va sog‘lom insonlar orasida bu patologiyani differensiallashda uning samaradorligi aniqlangan;
ilk bor epidemiologik tadqiqot o‘tkazilgan (10766 nafar respondent) va O‘zbekistonda 18 yosh hamda undan katta ayollarda siydik tuta olmaslikning tarqalishi va strukturasi aniqlangan;
O‘zbekistonda ayollarda siydik tuta olmaslik rivojlanishining integral xavfini aniqlovchi xavf omillari aniqlangan va ularning miqdoriy qiyosiy tavsifi berilgan;
siydik tuta olmaslikning turlari ichida aralash turi hayot sifatiga eng katta salbiy ta’sir etishi, siydik yo‘qotish hajmiga qaraganda uning chastotasi bu ko‘rsatkichga kattaroq ta’sir etishi aniqlangan;
siydik tuta olmaslikning shoshilinch va aralash turlarida ayollardagi medikamentoz davo turli rejimlarining klinik samaradorligi aniqlangan va M-xolinolitiklar va al`fa-1 adrenoblokatorlar bilan kombinatsiyali davo klinik xotirjamlik davrini sezilarli uzaytirish imkonini berishi isbotlangan;
transobturator uretropeksiya vaqtida sling sifatida taklif etilgan pay alloplantini qo‘llashning klinik samaradorligi qimmatbaho polipropilen tentani qo‘llab bajarilgan amaliyot bilan bir xilligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayollarda siydik tuta olmaslik diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan «Ayollarda siydik tuta olmaslikni xirurgik davolash usuli» uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04350, 2011 yil). Taklif etilgan usulni qo‘llash xorijiy tengdoshlarga nisbatan bir xil samara olgan holda davolash xarajatlarini 4 martagacha kamaytirish imkonini bergan;
«Ayollarda siydik tuta olmaslik diagnostikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 21 dekabrdagi 8n-d/70-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan tavsiyanomada ayollarda siydik tuta olmaslikning diagnostikasi va bunday bemorlarni aniqlashda o‘zbek tilidagi ICIQ-UI-SF so‘rovnomasi moslashtirilgan shaklining diagnostik samaradorligi ta’riflangan. Taklif etilgan tavsiflar siydik tuta olmaslikning erta diagnostikasi sifatini 56% dan 71,5% gacha yaxshilash imkonini bergan;
ayollarda siydik tuta olmaslik diagnostikasi va davolashga bag‘ishlangan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Xorazm va Namangan viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Urganch filiali, shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti xirurgik fakul`teti urologiya va nefrologiya kafedrasi kursantlarni o‘qitish ta’lim jarayoniga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 21 dekabrdagi 8n-d/70-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Siydik tuta olmaslik bilan bemorlar diagnostikasi va davolashga taklif etilgan kompleks yondashuvning qo‘llanishi yaqin va uzoq muddatdagi natijalarni yaxshilash, ko‘rsatilayotgan yordam sifati darajasining ijobiy ko‘rsatkichini 50,9% dan 73,9% gacha oshirish, residivlar sonini kamaytirish imkonini bergan.