Jongirov Sobir Abduxoshimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Glenoidning suyak nuqsoni bilan kechuvchi elkaning surinkali nostabilliklarini kompleks jarroxlik usulida davolash», 14.00.22 – Travmatologiya va oatopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1955.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashgan travmatologiya ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filiali, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Tkachenko Aleksandr Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Umarov Fayzulla Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elka bo‘g‘imi nostabilligini jarroxlik usulida davolash usulini mukammalashtirish asosida natijalar samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elka bo‘g‘imi surunkali nostabilligini jarroxlik yo‘li bilan davolashda Latarje uslubiga asoslangan mukammal uslub ishlab chiqilgan, bunda tumshuqsimon o‘siq ko‘ndalang yuzasi glenoid nuqsoni kattaligiga qarab qisman osteotomiya o‘tkazilishi orqali tumshuqsimon o‘siqning 1/2 yoki 1/3 ko‘ndalang qismi va kichik ko‘krak mushagi butunligi saqlanib qolishi isbotlangan;
glenoid suyak nuqsoni bilan kechuvchi elkaning surunkali nostabilliklarida modifikatsiyalangan jarroxlik uslubi ishlab chiqilgan, unda ikki boshli mushakning kalta boshchasidan oziqlantiruvchi oyoqchali quroq olinib, elka suyagi kichik do‘mbog‘iga maxkamlanadi va elka-kurak bog‘lami hosil qilinadi, yangi bog‘lam elka bo‘g‘imi stabilligini mustaxkamlashga imkon berishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan ortez jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgan qo‘lni kerakli 150 ichki rotatsiya va 450da tanadan qochirilgan xolat yaratilib, suyakli autotransplantantga yuk tushishi kamaytiriladi, bu xolat transplantatga optimal bitish uchun sharoit yaratishi isbotlangan;
elka bo‘g‘imida surunkali nostabilligi bo‘lgan bemorlarni ISIS indeksi ballari va MRT/MSKT tekshirish usullari yordamida suyak yoki yumshoq to‘qima jaroxatlari kriteriylarini aniqlash asosida ishonchli jarroxlik taktikasini tanlash imkoniyatini berishi isbotlangan, shuningdek qanday patologiyada artroskopik va qanday patologiyada ochiq amaliyot bajarish kerakligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert komissiyasining 2023 yil 24 maydagi 8-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 maydagi 8n-z/218-son xulosasi asosida.):
elkaning glenoid nuqsoni kattaligiga qarab tumshuqsimon o‘siqning ko‘ndalang qismining 1/2 yoki 2/3 lateral qismini osteotomiya qilish orqali tumshuqsimon o‘siqning 1/2 yoki 1/3 ko‘ndalang qismi va kichik ko‘krak mushagi va tumshuqsimon elka mushalarining butunligi saqlanib qolinishi ,xamda jarrohlik vaqtini va travmasining kamaytirishi, erta reabilitatsiyani boshlash imkonini berishi va elka bo‘g‘imi funksiyasining to‘liq tiklaninishga imkon berdi (Intellektual mulk agentligining patenti FAP 01729, 25.09.2020). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (30.07.2022y; №12) va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.07.2021y; №07) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish elka bo‘g‘imining stabilligini oshirish, jarrohlik aralashuvi vaqtini qisqartirishi, erta reabilitatsiya boshlash va elka bo‘g‘imlari funksiyasini ananaviy Latarje usuliga nisbatan 8,1%ga oshirishga; • yumshoq to‘qimalarga kam jaroxat etkazish, asoratlarning kamayishi, statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 94,6% xollarda yaxshi natijalar olish imkonini beradi; • taklif etilgan jarrohlik davolash usulidan foydalanish elkaning glenoid nuqsonli nostabilliklarini jarroxlik usulida davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: – bemorning bemorning shifoxonada qolish muddatini 9 kundan 6 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 453000 sum so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 94.000 so‘m, ovqatlanish 22000, dori darmonga 35000ni tashkil qiladi. Umumiy bir kunlik sarf-xarajati 151000 sum); - yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: Elkaning glenoid nuqsoni kattaligiga qarab tumshuqsimon o‘siqning ko‘ndalang qismining 1/2 yoki 2/3 lateral qismini osteotomiya qilish orqali tumshuqsimon o‘siqning 1/2 yoki 1/3 ko‘ndalang qismi va kichik ko‘krak mushagi va tumshuqsimon elka mushalarining butunligi saqlanib qolinishi 1ta bemor uchun 453000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi. Jongirov Sobir Abduxoshimovichning «Glenoidning suyak nuqsoni bilan kechuvchi elkaning surinkali nostabilliklarini kompleks jarroxlik usulida davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 1 martdagi 680-son xati yuborilgan.
modifikatsiyalangan jarroxlik uslubi ishlab chiqilgan, unda ikki boshli mushakning kalta boshchasidan oziqlantiruvchi oyoqchali quroq olinib, elka suyagi kichik do‘mbog‘iga maxkamlanadi va elka-kurak bog‘lami hosil qilinadi .Xosil qilingan bog‘lama elka bo‘g‘imining stabilligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (30.07.2022y; №12) va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.07.2021y; №07) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Olingan natijalar glenoid suyak nuqsoni bilan kechuvchi elkaning surunkali nostabilliklari bo‘lgan bemorlarni jarroxlik usulida davolash samaradorligini oshirishga va olingan natijalar elka bo‘g‘imining stabilligini ananaviy Laterji usuliga nisbatan 7,6% ga oshirishi bilan davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 9 kundan 6 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 453000 sum so‘mga kamaytirildi (RITOIATMSF preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 94.000 so‘m,ovqatlanish 22000,dori darmonga 35000ni tashkil qiladi.Umumiy bir kunlik rasxod 151000 sum); Xulosa: Elkaning surinkali nostabilligida modifikatsiyalashgan usulni qo‘llash elka bo‘g‘imining stabilligini 7,6% ga oshirishga va 1ta bemor uchun 453000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi. Jongirov Sobir Abduxoshimovichning «Glenoidning suyak nuqsoni bilan kechuvchi elkaning surinkali nostabilliklarini kompleks jarroxlik usulida davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 1 martdagi 680-son xati yuborilgan.
jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgan qo‘lga kerakli burchak asosida xolat beruvchi «Elka va qo‘l uchun ortez» ishlab chiqilgan va Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№ FAP 2021 02081-son patent, 29.01.2021 y.). Olingan natijalar elka boshchasini qo‘yilgan suyakli autotransplantantdan uzoqlashtirishi va unga zo‘riqish bermasligi uchun imkon bergan, suyak autotransplantantini 31,8% ga yaxshi bitishiga imkon yaratgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (30.07.2022y; №12) va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.07.2021y; №07) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Taklif qilinayotgan ortez jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgan qo‘lgakerakli 150 ichki rotatsiya va 450da tanadan qochirilgan xolat yaratilib, suyakli autotransplantantga yuk tushishi kamaytiriladi, bu xolat transplantatga optimal bitish uchun sharoit yaratishi va erta reabilitatsiyani boshlash va bo‘g‘im funksiyasini to‘liq tiklash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jarroxlik amaliyotidan keyin qo‘lga taklif qilinayotgan ortez bilan immobilizatsiya qilish tradision usullarga nisbatan operatsiyadan keyingi asorotlarni kamaytirishga va bemorning statsionarda bo‘lish muddatini 48-72 soatga kamaytirishga olib keldi, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 453000 so‘mga iqtisod qilindi (RITOIATMSF preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 94.000 so‘m,ovqatlanish 22000,dori darmonga 35000ni tashkil qiladi.Umumiy bir kunlik rasxod 151000 sum); Xulosa: ishlab chiqilgan ortez jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgan qo‘lni kerakli 150 ichki rotatsiya va 450da tanadan qochirilgan xolat yaratilib, suyakli autotransplantantga yuk tushishi kamaytiriladi, bu xolat transplantatga optimal bitishga imkon berib reabelitatsiya muddatini qisqartirdi. Jongirov Sobir Abduxoshimovichning «Glenoidning suyak nuqsoni bilan kechuvchi elkaning surinkali nostabilliklarini kompleks jarroxlik usulida davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 1 martdagi 680-son xati yuborilgan.
klinik-rentgenologik, MRT va MSKT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida elka bo‘g‘imi nostabilliklarini davolash va tashxislash uchun ishlab chiqilgan algoritm funksional va anatomik natijalarni yaxshilashga va davolanish va tashxislash vaqtini qisqartirishga imkon beradi (Intellektual mulk agentligining patenti №DGU 09713, 19.11.2020). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (30.07.2022y; №12) va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (22.07.2021y; №07) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • klinik va rentgenologik, ISIS indeksi ballari, MRT va MSKT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanib, elka bo‘g‘imi surunkali nostabilliklarini davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, jarrohlik va umumiy davolanish vaqtini qisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va bo‘g‘im funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Elkaning surunkali nostabilliklarini diagnostikasida dastlab ISIS indeksi bo‘yicha ball beriladi, agar bemor 3 balldan kam olsa, MRTga, 3 balldan ko‘p olsa, MSKT tekshiruviga yuboriladi. Natijalarga qarab, glenoid nuqsoni matematik xisoblanadi. Glenoid nuqsoni kichik bo‘lsa, tumshuqsimon o‘siqning ½ lateral qismi osteotomiya qilinadi ,Agar glenoid nuqsoni o‘rtacha kattalikda bo‘lsa tumshuqsimon o‘siqning 2/3 qismi osteotomiya qilinadi,agar glenoid nuqsoni katta bo‘lsa tumshuqsimon o‘siq to‘liq osteotomiya qilinadi. Shunday qilib, glenoid nuqsoni katta kichchikligiga qarab tumshuqsimon o‘siq osteotomiyasiga diferensial yondashiniladi. Bu o‘z navbatida jaroxat vaqtini va travmasini kamaytirishga operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun to‘g‘ri jarrohlik davolash taktikasini tanlashga imkon berish natijasida nogironlik darajasini pasaytirish iqtisod qilish imkonini berdi. Bemorlarni ISIS indeksi bo‘yicha ballariga qarab MRT yoki MSKT tekshiruviga yuborish ortiqcha qimmatbaxo tekshiruvlardan qochishga imkon berdi. Masalan bir bemorga xam MRT(345 000sum) xam MSKT(255 000 sum) tekshiruvi o‘tqazilsa bemor umumiy xisobda 600 000 sum sarflaydi. Algoritm bo‘yicha bemor MRT yoki MSKT qilishi evaziga 255 yoki 345 000 sum iqtisod qiladi. Xulosa: Elkaning surinkali nostabilligini jarroxlik usulida davolash taktikasini tanlash dasturini qo‘llash noto‘g‘ri va qimmat davo turlarini qo‘llamaslik hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon berdi. Jongirov Sobir Abduxoshimovichning «Glenoidning suyak nuqsoni bilan kechuvchi elkaning surinkali nostabilliklarini kompleks jarroxlik usulida davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 1 martdagi 680-son xati yuborilgan.