Namazova Manzura Urakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida ijodkor uslubi va mahorat masalasi”(Rustam Musurmon va Amir Xudoyberdi ijodi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil1272.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Boynazar, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abduhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat , filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi istiqlol davri o‘zbek lirikasida ijodkor uslubi, individuallik va mahorat masalalarini Rustam Musurmon va Amir Xudoyberdi ijodi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
istiqlol davri badiiy tafakkurining yangilanishi ijtimoiy-tarixiy davr bilan bog‘liq ekanligi, bunda ijtimoiylik o’rnini lirik qahramon – “men” egallashi, muallif pozisiyasining o’zgarishi mavzu va g‘oyaning yangilanishiga olib kelishi Rustam Musurmon va Amir Xudoyberdi ijodi misolida isbotlangan;
ijodiy jarayon o‘ta murakkab kechgan XX asrda o‘zbek adabiyoti taraqqiyotining xarakterli jihatlarini o‘z ijodida aks ettirgan Rustam Musurmon va Amir Xudoyberdi she’riyatida olamni poetik idrok etish va badiiy voqelantirish tamoyillari, badiiy tasvir poetikasi, individuallik va mahorat masalalari aniqlangan;
Rustam Musurmon va Amir Xudoyberdi she’riyatining taraqqiyot tadriji aniqlanib, she’rlari misolida tarix, davr va lirik qahramon, milliy o‘zlik va qadriyatlarning badiiy talqini yoritilib, ularning ijodida janrlar rang-barangligi, ijtimoiy motivlarning tutgan ahamiyati aniqlangan;
Rustam Musurmon va Amir Xudoyberdining badiiy mahorati, til va uslub takomili shakl va mazmun jihatidan yetuk she’rlari asosida bu she’rlarning mukammalligini ta’minlagan bosh omil shoirlarning adabiy-estetik qarashlari bilan chambarchas bog‘liqligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Istiqlol davri o‘zbek poeziyasida ijodkor uslubi, individuallik va mahorat masalalarini Rustam Musurmon va Amir Xudoyberdi adabiy-estetik olami misolida o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
istiqlol davri badiiy tafakkurining yangilanishi ijtimoiy-tarixiy davr bilan bog‘liq ekanligi, bunda ijtimoiylik o’rnini lirik qahramon – “men” egallashi, muallif pozisiyasining o’zgarishi mavzu va g‘oyaning yangilanishiga olib kelishi Rustam Musurmon va Amir Xudoyberdi ijodi misolida isbotlanganiga oid ilmiy xulosalaridan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan. (O‘zRFAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021-yil 26-maydagi 17-01-111-son ma’lumotnomasi). Natijada she’riyat va adabiy-estetik qarashlarning uyg‘unligi, o‘zbek she’riyatidagi olamni idrok etish va badiiy voqelantirish, adabiyotga xos poetik omillarning ilmiy natijalarini aniqlash imkonini bergan;
Rustam Musurmon va Amir Xudoyberdi she’riyatining taraqqiyot tadriji aniqlanib, she’rlari misolida tarix, davr va lirik qahramon, milliy o‘zlik va qadriyatlarning badiiy talqini yoritilib, ularning ijodida janrlar rang-barangligi, ijtimoiy motivlarning tutgan ahamiyati aniqlanganiga oid ilmiy natijalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan rejalashtirilgan va o‘tkazilgan bir qator ilmiy-badiiy, madaniy-ma’rifiy anjumanlar mundarijasini belgilashda alohida ahamiyat kasb etib, muhim nazariy manba sifatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 03-martdagi 01-03/II-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek she’riyatining yangilanish tamoyillarini tadqiq etish va bu o‘lmas merosni ommalashtirish imkonini bergan;
ijodiy jarayon o‘ta murakkab kechgan XX asrda o‘zbek adabiyoti taraqqiyotining xarakterli jihatlarini o‘z ijodida aks ettirgan Rustam Musurmon va Amir Xudoyberdi she’riyatida olamni poetik idrok etish va badiiy voqelantirish tamoyillari, badiiy tasvir poetikasi, individuallik va mahorat masalalari yaxlit holda yoritilganiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbek she’riyati”, “Millat va ma’naviyat” nomli eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston’ teleradiokanalining 04-26-143-sonli ma’lumotnomasi). Natijada istiqlol davri o‘zbek poeziyasida ijodkor uslubi, individuallik va mahorat masalalari haqida tayyorlangan ko‘rsatuv va eshittirishlarning mazmun va mundarijasi yanada boyitish imkonini bergan.