Boyko Yelena Vladimirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metastatik buyrak-hujayrali saratonida ekstrao‘smali geterogenlikning o‘rni» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib499.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01
Rasmiy opponentlar: Djuraev Mirdjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zaynutdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dinesh Perdxarkar tibbiyot fanlari doktori, professor (Xindiston)
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining N.N. Bloxin nomidagi "Milliy tibbiy onkologiya ilmiy markazi"
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekstrao‘smali geterogenlikning rolini aniqlash orqali metastatik buyrak-hujayrali saratoni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrak-hujayrali saraton o‘sma to‘qimalarining mikro muhitining patologik fenotipini aniqlashda, immunologik, morfologik va immunogistokimyoviy tadqiqotlarni birgaligida kompleks o‘tqazish zarurati isbotlangan;
ilk bor metastatik buyrak-hujayrali saratonni davolashda terapevtik ta’sirning ijobiy natijalariga ta’sir etuvchi o‘sma to‘qimalariga infiltratsiya qiluvchi muhim CD-sinf oqsillari tarkibi va o‘xshash immunokompetent hujayralar ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasiyasi isbotlangan;
buyrak-hujayrali saraton o‘sma patologik xususiyatlarining, ekstrao‘smali geterogenlik va p53, bcl-2, ki-67, VEGF o‘sma markerlarining ekspressiyasi salbiy prognostik omillari ekanligi isbotlandi;
terapiyaga rezistentlikni bardosh berish tufayli o‘sma to‘qimalarida limfoid invaziya darajasi va davolash natijalari o‘rtasidagi mahalliy metastazlanish xisobiga, bog‘liqlikligi isbotlangan;
metastatik buyrak saratonida o‘smaning immunogenligining oshishi va terapiya fonida o‘sma hujayralari apoptoz qo‘zg‘atishi tufayli o‘smaning limfotsitlar bilan infiltratsiyasi va VEGF, bcl-2, ki-67 va p53 markerlarining ifodasi har xil turdagi dorivor ta’siri samaradorligining mustaqil prediktorlar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buyrak-hujayrali saratonida o‘sma to‘qimasi mikromuhitining patologik fenotipini immunologik, morfologik va immunogistokimyoviy tadqiqot usullaridan foydalangan holda aniqlash keyingi davolash taktikasini tanlash uchun kanserogenez rivojlanishini baholash samaradorligini oshirish imkonini beradi (Ixtiro patenti № IAP 07309, 27.02.2023 yil). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buyrak-hujayrali saratonida patologik fenotipni aniqlash uchun ishlab chiqarilgan davo usullari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax va Qoraqalpog‘iston filiallarida (23.11.2022 y., №8-n-z/1318) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • metastatik buyrak-hujayrali saratonini davolashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi; • bemorlarning hayot sifatini yaxshilydi; • bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini 45% ga oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarga ko‘ra, buyrak-hujayrali saratonida patologik fenotipni aniqlash algoritmini amalga oshirishda tejamkorlik 100 kishiga 490 000 000 so‘mni tashkil qiladi. Bunday samaraga tashxis qo‘yish, bemorning shifoxona statsionarida qolish, qo‘shimcha davolanish, oraliq va tasdiqlovchi tekshiruvlar o‘tkazish vaqtini o‘rtacha 5 kunga qisqartirish hisobiga erishiladi. Bu har bir bemorga kuniga 980 ming so‘m iqtisodiy samara beradi. Bu esa, o‘z navbatida, 5 kun davomida har bir bemor uchun 4 900 000 so‘m tejaydi. Xulosa:  Metastatik buyrak-hujayrali saratoni bilan kasalangan 1 nafar bemorni 1 yil davomida davolanishi hisobga olinsa tejamkorlik 4 900 000 so‘mni tashkil qiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Ekstra o‘sma geterogenelik sharoitida Metastatik buyrak-xujaryli saratonini yangi diagnostik va davo majmuasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 23-noyabrdagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/1318 xat yuborilgan.
o‘sma to‘qimalariga infil`tratsiya qiluvchi oqsillar bilan terapevtik ta’sirning metastatik buyrak-hujayrali saratonini davolash samaradorligini bashorat qilishda, davo taktikasini aniqlashda va kasallikning progressiyani xavfini oldini oladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Terapevtik ta’sirining ijobiy natijalariga olgan mezonlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax va Qoraqalpog‘iston filiallarida (23.11.2022 y., №8-n-z/1318) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • shifoxonada davolanish uchun qayta murojaat qilgan bemorlarni 9,3% ga qisqartiradi; • bemorning ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va shifoxona xodimlarining malakasidan va tibbiy xizmatlarga ishonchni oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: statsionarda yuqori texnologiyali asbob-uskunalardan foydalanish (kontrastli MSKT - 800 000 so‘m, MRT - 270 000 so‘m, UTT - 150 000 so‘m) va ularni keyingi ta’mirlash xarajatlarini qisqartiradi. Bitta bemordan tejamkorlik o‘rtacha 610 000 so‘mni, 5 marta takroriy tekshiruv o‘tkazilganda esa 3 050 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Yuqori texnologiyali asbob-uskunalardan foydalanishda tejamkorlikni hisobga olgan holda, bir nafar bemorga byudjet mablag‘larini 2 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1  050 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Ekstra o‘sma geterogenelik sharoitida Metastatik buyrak-xujaryli saratonini yangi diagnostik va davo majmuasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 23-noyabrdagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/1318 xat yuborilgan.
prognostik mezonlar majmuasini takomillashtirish bemorlarni VEGF ingibitorlari yoki tirozinkinaza ingibitorlari yordamida ma’lum turdagi optimal maqsadli terapiya uchun tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: prognozlash mezonlari majmuasi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax va Qoraqalpog‘iston filiallarida (23.11.2022 y., №8-n-z/1318) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • davolash samaradorligini oshirish orqali bemorlarning ahvolini yaxshilash va umr ko‘rish davomiyligini oshiradi; • operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; • Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Maqsadli terapiyaning muayyan turini qo‘llash uchun bemorlarni tanlab olish samarasiz davolash xarajatlarini bir nafar bemorga oyiga 4 000 000 so‘mga kamaytiradi, bu esa yiliga 48 000 000 so‘mni tashkil etadi. Samarasiz davolanishni qisqartirish hisobga olinsa, har 100 bemorga iqtisodiy foyda 4 800 000 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa:  Bir bemorni davolashning o‘rtacha davomiyligi 4 yilni hisobga olgan holda, bir nafar bemorni davolashda iqtisodiy samara 4 800 000 000 so‘mni tashkil qiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Ekstra o‘sma geterogenelik sharoitida Metastatik buyrak-xujaryli saratonini yangi diagnostik va davo majmuasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 23-noyabrdagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/1318 xat yuborilgan.
o‘sma to‘qimalariga limfoid invaziya darajasi va davolash natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish patomorfoz darajasini aniqlash va metastatik buyrak-hujayrali saratoni davolashda terapevtik ta’sirining taktikasini ishlab chiqish uchun yangi mezonni (limfoid invaziya) joriy etish amalga oshiriladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yangi diagnostik ko‘rsatkichni (limfoid invaziyasi) qo‘llash mezonlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax va Qoraqalpog‘iston filiallarida (23.11.2022 y., №8-n-z/1318) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • davolash taktikasini ishlab chiqishga sifatli va to‘g‘ri yondashish onkologik kasalliklar bilan kechadigan odatiy turmush tarzining o‘zgarishi va odatiy aloqalarning uzilishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir psixologik stressni kamaytiradi; • uzoq muddatli yaxshi natijalarga erishish bemorlarga ushbu kasallikdan tezda tiklanish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Buyrak saratoni bilan kasallangan bemorlarni kimyo-immunoterapiya usulida davolash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlar 7 450 000 so‘m, immunoterapiya esa 9 367 000 so‘mni tashkil etadi. Dori vositalarini to‘g‘ri tanlash har bir bemorga yiliga kimyoimmunoterapiya uchun  87 000 000 so‘m, immunoterapiya uchun 112 404 000 so‘m tejash imkonini beradi. Yiliga 100 nafar bemorni davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash kimyoimmunoterapiyada 8 700 000 000 so‘m, immunoterapiyada 11 240 400 000 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: Yiliga 1 nafar bemorni davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash kimyoimmunoterapiyada - 87 000 000 so‘m, immunoterapiyada – 112 404 000 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Ekstra o‘sma geterogenelik sharoitida Metastatik buyrak-xujaryli saratonini yangi diagnostik va davo majmuasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 23-noyabrdagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/1318 xat yuborilgan
metastatik buyrak-hujayrali saratonini davolashda maqsadli dorilarning terapevtik ta’sirining turi va darajasini aniqlashga imkon beruvchi muhim prognostik prediktorlaridir aniqlashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Maqsadli dori vositalarining terapevtik ta’sir ko‘rsatish turi va darajasini aniqlash imkonini beruvchi prognostik prediktorlari aniklash uchun diagnostik-davo majmua Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax va Qoraqalpog‘iston filiallarida (23.11.2022 y., №8-n-z/1318) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: •Metastatik buyrak saratonida o‘simtada limfotsitlar mavjudligi, maxsus markerlarining yuqori darajasi dori terapiyasining muvaffaqiyatini bashoratlashtiradi; • metastatik buyrak saratonini davolash uchun yangi dori vositalarini ishlab chiqishga yordam beradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: VEGF, Bcl 2, Ki 67 va r53 markerlarini o‘rganish asosida zamonaviy dori vositalarini yaratish import dori vositalari o‘rnini bosish va ishlab chiqarishni davlat doirasida mahalliylashtirishni hisobga olgan holda har yili saraton bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 1 000 000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: VEGF, Bcl 2, Ki 67 va r53 markerlarini o‘rganish asosida dori vositalarining yaratilishi har bir bemorga faqat dori vositalaridan foydalanish uchun 150 000 00 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Ekstra o‘sma geterogenelik sharoitida Metastatik buyrak-xujaryli saratonini yangi diagnostik va davo majmuasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 23-noyabrdagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/1318 xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish