Xashimov Ravshan Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qovuq noinvaziv saratonini davolashda zamonaviy yondashuvlar» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1195
Ilmiy rahbar: Boyko Elena Vladimirovna, falsafa fanlari doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01
Rasmiy opponentlar: Gofur-Oxunov Mirza-Ali Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Samarkand Davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qovuq noinvaziv saratonini jarroxlik davolash usullarini takomillashtirish orqali natijalarni yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovuqning En Bloc usulida transuretral rezeksiyasining takomillashtirilgan operatsiyasida qovuq ichida burchakli rezeksiyasi xalqasi bilan o‘smani bir necha bo‘laklarga ajartish natijasida qisqichlar yordamida evakuatsiya qilinishi onkologiyaning ablastik mezonlariga mos kelishi isbotlangan;
o‘sma chegaralari va qon tomir devorining yaqqol ko‘rinishi hisobiga En Bloc usulida transuretral rezeksiyadan foydalanilganda operatsiya ichidagi gemostazni nazorat qilish orqali darhol va uzoq muddatli asoratlar rivojlanishini oldini olish isbotlangan;
En Bloc usulida transuretral rezeksiyasi qovuqning shilliq, shilliq osti va mushak qavatidagi o‘simtani yon atrofidan va tubidan presizion usulda sog‘lom to‘qima chegarasigacha kesib olish taktikasi monopolyar tartibida impul`s darajasi davomiyligi 0,1 dan 1 soniyagachani tashkil qilgan;
qovuq noinvaziv saryoatonida En Bloc usulida transuretral rezeksiyasi amalga oshirilganda 1 dan ≤3 sm gacha o‘lchamdagi o‘smalarining mushak qavatigacha chegaralangan taratibida tarqalagan turlari uch va besh yillik yashovchanlikni standart transuretral rezeksiyaga nisbatan ijobiy natijalari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qovuq noinvaziv saratonini davolashda En Bloc usulida transuretral rezeksiya jarroxlik amaliyoti texnik jihatlari takomillashtirilib, ushbu jarroxlik amaliyoti kasallik takrorlanishini kamaytiradi va yashovchanlikni uzaytiradi (IAR №:13886; 29.11.2021 yildan). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Qovuq noinvaziv saratonini davolashda transuretral En bloc rezeksiya jarroxlik usuli Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Toshkent shaxar filiali va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (27.05.2022 y., №8-n-z/125) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qovuq noinvaziv saratonini jarroxlik usulida davolashda jarroxlik amaliyoti vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; •jarroxlik amaliyotidan keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi; •bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi; jarroxlik amaliyotidan so‘ng olingan aksariyat gistologiya materiallarda mushak qavatini mavjudligi va qo‘shimcha tekshiruvga zarurat bo‘lmasligini ta’minlaydi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi jarroxlik usulining (№IAP 13886, 29.11.2021) joriy qilinishi hisobiga bemorlarni onkologik muasssalalarga qayta murojaati kamayishiga va kayta operativ davo o‘tkaziga zarurat bo‘lmasligiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida qayta murojaat kamayganligi xisobiga xar bir bemordan kayta tekshiruv va murojaat uchun sarflanadigan mablag‘dan 550 000 so‘m tejalishiga, kayta operativ davoga zaruratning yukligi sababli – 1 950 000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: Ilmiy izlanish natijalarining ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati bo‘yicha olingan ma’lumotlar Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Ilmiy Amaliy Tibbiyot Markazinig Ilmiy kengashida muhokama qilindi va tasdiqlandi. (2-ilova). yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 550 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 950 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qovuq noinvaziv saratonida En bloc usulida transuretral rezeksiya qo‘llanish uslubi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 27 maydagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/1097 xat yuborilgan. 
takomillashtirilgan En Bloc usulida transuretral rezeksiyadan foydalanilganda jarroxlik amaliyotidagi asoratlar kamayishi xisobiga bemorlarni davolash muassasalarida statsionar sharoitda davolanish kunlarini qisqarishiga, bemorlarni erta reabilitatsiyasiga va bemorlarni davolashga sarflanadigan xarajatlarni qisqarishiga olib keladi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Toshkent shaxar filiali va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (27.05.2022 y., №8-n-z/125) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarrohlik davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiriradi; • davolash natijalarini kasallik takrorlanishini kamaytirish hisobiga yaxshilaydi; • Gistologik xulosa natijalarini aniqliligi sababli amaliyotini radikal bajarilganligiga to‘liq ishonch xosil qilish va bu bemorlarni faqat rejali ravishda profilaktik tekshiruvlar o‘tkazilishiga olib keladi; ushbu kasallikka chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Jarroxlik amaliyoti vaqtida uchrashi mumkin bo‘lgan erta muddatdagi asoratlarni kamayishi xisobiga bemorlarni statsionar sharoitda davolanish kunlari 2 barobarga qisqarishiga olib keldi, ya’ni 10 kundan 5 kungacha kamaydi, bu esa davolanish xarajatlarini xar bir statsionar davolanish kuni uchun xar bir bemorga xarajat 225 000 so‘mdan xisoblanganda 1 125 000 so‘m tejalishiga olib keladi. Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 2 500 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 125 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qovuq noinvaziv saratonida En bloc usulida transuretral rezeksiya qo‘llanish uslubi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 27 maydagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/1097 xat yuborilgan. 
En Bloc usulida transuretral rezeksiyasi mushak kavatida maksimal chuqqirroq bajarilish lozimligi isbotlangan, bu esa jarroxlik amaliyoti natijalarini prognozlash va davolash imkonini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Toshkent shaxar filiali va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (27.05.2022 y., №8-n-z/125) ma’lumotnoma asosida klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarroxlik amaliyotidan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; • jarroxlik amaliyotidan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; ushbu jarroxlik amaliyotidan keyin bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • bemorning shifoxonada qolish muddati 10 kundan 5 kunga qisqartirilib, shifoxonada qolish to‘lov miqdoridan 1 125 000 so‘mga tejab qolindi ya’ni 750 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 2 500 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 125 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qovuq noinvaziv saratonida En bloc usulida transuretral rezeksiya qo‘llanish uslubi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 27 maydagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/1097 xat yuborilgan. 
qovuq noinvaziv saryoatonida En Bloc usulida TUR olib borish taktikasi yordamida rezeksiya halqasining retrograd harakati bilan rezeksiya qilingan to‘qimalar siljiydi, bu devorning to‘liq tarangligi bilan siydik pufagining harakatchanligi tufayli osonlik bilan amalga oshiriladi. Rezektoskop trubasining cheti yatrogen yo‘l bilan olingan qovuq devori nuqsoniga o‘tkaziladi va tayyorlangan to‘qima blokining engil tortilishi rezeksiya yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi amalga oshirilganda bemorda kasallik takrorlanishini pasayishiga, kayta jarroxlik amaliyoti o‘tkazishlar sonini kamayishiga olib keladi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinish: Qovuq noinvaziv saratonini davolashda transuretral En bloc rezeksiya jarroxlik usuli Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Toshkent shaxar filiali va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tibbiy amaliyotiga tatbiq etildi. (1-ilova). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  jarroxlik amaliyotini takomillashtirish orqali qovuq noinvaziv sartoni bilan og‘rigan bemorlarni 3 va 5 yillik yashovchanlikni yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 5 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1  125 000 ming so‘mga kamaytirdi (RIOvaRIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 225.000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 750 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik xar bir bemor uchun 3 134 711 so‘mni tashkil etadi. • Uch yillik muddat uchun bu xar bir bemordan 9 404 133 so‘m iqtisod kilinishiga olib keladi; • Besh yillik muddat uchun bu xar bir bemordan 15 673 555 so‘m iqtisod kilinishiga olib keladi. Xulosa: jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi byudjet mablag‘larini yiliga xar bir bemor uchun 3 134 711 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi.  Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qovuq noinvaziv saratonida En bloc usulida transuretral rezeksiya qo‘llanish uslubi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2022 yil 27 maydagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/1097 xat yuborilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish