Turdaliev Voxidjon Maxsudovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuproqqa ishlov beradigan va sabzavot ekinlarini ekadigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqishning ilmiy-texnik echimlari», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T59.
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi. DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Abdazimov Anvar Daniyarovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Murodov Nusrat Murtazovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuproqning uvalanish darajasi va mayda urug‘li sabzavot ekinlarini (piyoz urug‘i misolida) ekish sifatini oshiradigan, energiya-resurstejamkorlikni ta’minlaydigan kombinatsiyalashgan mashina konstruksiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dala yuzasida mayin tuproqli qatlam hosil qiladigan frezali baraban uzatish mexanizmi uchun zanjirli uzatmalarning yangi konstruksiyalari ishlab chiqilgan;
dala yuzasida mayin tuproqli qatlam hosil qiladigan faol rotatsion ishchi qismlarning parametrlari konstruktiv xususiyatlari va texnologik jarayonlarni inobatga olgan holda asoslangan;
etaklanuvchi yulduzchasi tarkibli bo‘lgan zanjirli uzatmaning kinematik va dinamik parametrlari ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan mashina ishchi qismlarining energiyatejamkorligini va mayin tuproqli qatlam hosil qilishini hamda urug‘larni tekis taqsimlanishini ta’minlaydigan maqbul parametrlari asoslangan;
dala yuzasida mayin tuproqli qatlam hosil qiladigan va mayda urug‘li sabzavot ekinlarini sifatli ekadigan energiya-resurstejamkor kombinatsiyalashgan mashina ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mayin tuproqli qatlam hosil qiladigan va mayda urug‘li sabzavot ekinlarini ekadigan kombinatsiyalashgan mashina ishlab chiqishning ilmiy-texnik echimlarini natijalari asosida:
bir o‘tishda tuproqqa ishlov beradigan va sabzavot ekinlarini ekadigan kombinatsiyalashgan mashina konstruksiyasi «BMKB-Agromash» AJga ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 30 avgustdagi 02/23-439-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa ekish oldidan ishlov beradigan va mayda urug‘li sabzavot ekinlarini ekadigan KA-2,8 kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
konstruksiyasida faol frezali va parrakli barabanlari bo‘lgan tuproqqa ekish oldidan ishlov beradigan va sabzavot ekinlarini ekadigan kombinatsiyalashgan mashina O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Namangan viloyati Pop va Namangan tumanlaridagi «Shomozor Zuxro Yulduzi» va «Valijon Azizov» fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 30 avgustdagi 02/23-439-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq tarkibidagi 25 mm dan kichik bo‘lgan fraksiyalar miqdori 87 % ga ortishi bilan dala yuzasida mayin tuproqli qatlam hosil qilish va urug‘larni 1,5-2 sm chuqurlikka ekish imkoni yaratilgan;
passiv ishchi qismli bir o‘tishda tuproqqa ekish oldidan ishlov beradigan va sabzavot ekinlari urug‘larini ekadigan KA-2,8 kombinatsiyalashgan mashina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zbekiston qishloq xo‘jalik texknikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi» xo‘jalik dalalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 30 avgustdagi 02/23-439-son ma’lumotnomasi). Natijada 7,5 sm chuqurlikda ishlov berish, dala yuzasidagi mayin tuproqli qatlamga piyoz urug‘ini 2,0 sm chuqurlikka ekish va texnik toprishiqda belgilangan talablarni bajarish imkoni yaratilgan;
frezali barabanining uzatish mexanizmida tarkibli etaklanuvchi yulduzchasi bo‘lgan dala yuzasida mayin tuproqli qatlam xosil qiladigan tuproqqa ekish oldidan ishlov beradigan va sabzavot ekinlarini ekadigan kombinatsiyalashgan mashina O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Namangan viloyati Pop tumanidagi «Xonzoda Nurzoda» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 30 avgustdagi 02/23-439-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqni yumshatish va ekishda mehnat sarfini 1,56 martaga kamaytirish imkoni yaratilgan.