Azizova Feruza Lyutpillaevaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar muassasalarida qulay gigienik ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish muammosining echimi», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib6.

Ilmiy maslahatchi: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Ponomareva Lyudmila Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Duschanov Baxtiyor Allaberganovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Shimoliy-g‘arbiy gigiena va jamoat salomatligi ilmiy markazi  (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar muassasalariga qo‘yiladigan gigienik talablarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor respublikamizda ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida tarbiyalanuvchilarning salomatligi va to‘laqonli o‘qitish imkoniyatlarini ta’minlash hamda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, bolalar va o‘smirlar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida tarbiyalash va o‘qitish sharoitlarining sanitariya-gigiena me’yor va qoidalari  ishlab chiqilgan;

ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida bolalar va o‘smirlar salomatlik holatini inobatga olgan holda birinchi navbatda, korreksiyalashni talab qiluvchi ixtisoslashtirilgan maktab internatlari-ning yashash sharoiti, gigienik me’yor va qoidalari, reglamentlari ko‘rsatilgan sanitariya me’yor va qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;  

ko‘rish tizimida nuqsoni bo‘lgan hamda bolalar va o‘smirlar uchun ilk bora rel`fli-aniqlashtirilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalariga qo‘yilgan gigienik talablar  ishlab chiqilgan;

ilk bor turli yo‘nalishdagi rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan  maxsuslashtirilgan maktab internatlarini sanitar-gigienik tekshirish  dasturi ko‘rsatilgan ball kartasi ishlab chiqilgan;

maxsuslashtirilgan bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash hamda o‘qitish sharoitlarini kompleks baholash natijasida olingan ma’lumotlardan mazkur bolalar va o‘smirlarning salomatligi holatida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni baholash shkalasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar muassasalarida qulay gigienik ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish muammosining echimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar muassasalarida o‘qitish va tarbiyalash sharoitlarini yaxshilash maqsadida «Jismoniy va aqliy rivojlanish nuqsoni bo‘lgan maxsuslashtirilgan maktab-internatlarida ta’lim-tarbiya sharoitlari, jihozlanish va qurilmalariga qo‘yilgan sanitar qoidalar» (0313-14-sonli SanQvaM) tasdiqlangan. Mazkur qonuniy hujjat rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlar muassasalarni loyihalashtirish va qurish, ta’lim-tarbiya sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;

ko‘rish tizimida nuqsoni bo‘lgan maxsuslashtirilgan muassasalarda o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarni o‘qitish tizimiga kiritish hamda ta’lim va tarbiya sharoitlarini yaxshilash maqsadida «Ko‘rish tizimida nuqsoni bo‘lgan va ko‘rlar uchun mo‘ljallangan rel`fli-aniqlashtirilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalariga qo‘yilgan gigienik talablar» (0276-09-sonli SanQvaM) tasdiqlangan. Mazkur qonun hujjat ko‘rish tizimida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlar muassasalarida ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;

eshitish tizimida nuqsoni bo‘lgan  o‘smirlar uchun mo‘ljallangan o‘quv qurollarning salbiy ta’sirlarini kamaytirish maqsadida «Intellekt va eshitish tizimida nuqsoni bo‘lgan maxsuslashtirilgan maktab internatlari va kasbiy maktablarida o‘quv qo‘llanmalarni chop etishga qo‘yilgan gigienik talablar»  (0277-09-sonli SanQvaM) tasdiqlangan. Mazkur qonuniy hujjat eshitish tizimida nuqsoni bo‘lgan o‘smirlar muassasalarida o‘quv qo‘llanmalarning organizmga nafaqat salbiy ta’sirini kamaytirish, balki salomatlik holatini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;

RNB bolalar va o‘smirlar muassasalarida  bino va xonalar, havo-issiqlik almashinuvi, yoritilganlik va  o‘quvchilarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida «Maxsuslashtirilgan maktab internatlarni kompleks gigienik baholash» uslubiy qo‘llanmasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010 yil 20 apreldagi 8N/60-son va 2016 yil 23 avgustdagi 8D-3/69-son ma’lumotnomalari). Mazkur uslubiy qo‘llanma  imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar muassasalarida davlat sanitariya nazoratini  olib borish  imkoniyatini yaratgan;

RNB bolalar muassasalarida o‘quvchilarni gigienik sharoitdagi kun tartibi, ta’lim-tarbiya sharoitlarni yaxshilash maqsadida «Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan maxsuslashtirilgan maktab-internatlarida o‘quv tarbiyaviy jarayonini tashkillashtirishga qo‘yilgan gigienik tavsiyalar» uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan. Mazkur qo‘llanma rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlar muassasalarida ta’lim va tarbiyaga gigienik sharoit yaratish va uni nazorat qilish imkoniyatini bergan;

RNB bolalar va o‘smirlar muassasalarida ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi hamda Toshkent shahridagi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlar maktab internatlari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 23 avgustdagi 8D-3/69-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlar muassasalarini qurish, loyihalashtirish, ta’lim-tarbiya sharoitlari, kun tartibi, ularning ovqatlanishi, jismoniy rivojlanishini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish hamda harakat faolligini oshirishga xizmat qilish bilan birgalikda profilaktika chora-tadbirlari samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish