Sayliyeva Zarina Raxmiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Navoiyshunoslikda tasavvuf va badiiyat muammolari tadqiqi (Ibrohim Haqqul ijodi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3082.
Ilmiy rahbar: Murodov G‘ayrat Nekovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Isroil Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kurbaniyazov Maxsud Allambergenovichlar, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi navoiyshunoslikda tasavvuf va badiiyat muammolarini Ibrohim Haqqul ijodi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Milliy Mustaqillik davrida o‘zbek navoiyshunosligida yangicha tamoyil va dunyoqarash zaminida shakllangan tafakkur erkinligi adabiyoshunos Ibrohim Haqqulning ilmiy merosiga xos ramz, belgi, ishorat, ohang va kechinma, taassurotlar ildizini to‘g‘ri anglay bilish xususiyatlari aniqlangan;
olim asarlarining ahamiyati hamda o‘ziga xosliklari moziy adabiy-madaniy namunalariga xolis munosabat, haqqoniylik, fikriy teranlik, asl va mo‘tabar asoslanish kabi sifat o‘zgarishlari orqali dalillangan;
hazrat Navoiyning ijodi, jumladan, she’riyati Sharq tafakkuri va ma’naviy-axloqiy rivojlanishida muhim o‘rin tutgan tasavvufiy ta’limot bilan falsafiy mulohazalar uzviy bog‘liqligi Ibrohim Haqqul tadqiqotlarining tub mohiyatini ochib berish asosida dalillangan;
adabiyoshunos uslubi va uning so‘z qo‘llash hamda fikrni ifodalash mahoratidagi matn, matn tahlili va talqini, matn turlari kabi lingvopoetik xususiyatlar hamda olim uslubining yillar davomida shakllanishidagi o‘ziga xosliklar isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ibrohim Haqqulning navoiyshunoslik hamda tasavvuf borasidagi fikr-mulohazalari jamlangan asarlarini ilmiy-nazariy o‘rganish asosida:
Milliy Mustaqillik davrida o‘zbek navoiyshunosligida yangicha tamoyil va dunyoqarash zaminida shakllangan tafakkur erkinligi adabiyoshunos Ibrohim Haqqulning ilmiy merosiga xos ramz, belgi, ishorat, ohang va kechinma, taassurotlar ildizini to‘g‘ri anglay bilish xususiyatlarni yoritish orqali O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutda (2017-2020-y) bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 27-fevraldagi 17.01/31-son ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy she’riyatining badiiy xususiyatlari, g‘oyaviy timsollari, tasavvufiy obrazlar silsilasini Ibrohim Haqqul ijodi misolida yoritishda ham foydalanilgan;
olim asarlarining ahamiyati hamda o‘ziga xosliklari moziy adabiy-madaniy namunalariga xolis munosabat, haqqoniylik, fikriy teranlik, asl va mo‘tabar asoslanish kabi sifat o‘zgarishlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutda (2012-2016-y) bajarilgan FA-F1-G002-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 27-fevraldagi 17-01-31-son ma’lumotnomasi). Natijada Ibrohim Haqqul ijodi misolida o‘ziga xos xususiyatlari, shoir turkiy merosining tahlil va talqinlari bo‘yicha ilmiy tasavvur-tushunchalarini boyitishga erishilgan;
hazrat Navoiyning ijodi, jumladan, she’riyati Sharq tafakkuri va ma’naviy-axloqiy rivojlanishida muhim o‘rin tutgan tasavvufiy ta’limot bilan falsafiy mulohazalar uzviy bog‘liqligi Ibrohim Haqqul tadqiqotlarining tub mohiyatini ochib berish asosida Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlarining 2022-yil yanvar va fevral sonidagi ssenariylarini tayyorlashda unumli foydalanilgan holda tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 24-fevraldagi 1-04-54-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, shoir turkiy merosining tahlil va talqinlari bo‘yicha ilmiy tasavvur-tushunchalarini boyitishga erishilgan.