Qodirov Sirojiddin Erkinboyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport takomillashuv guruhlarida malakali dzyudochilarning kuch va tezkor-kuch qobiliyatlarini rivojlantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2327.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01 raqamli ilmiy kengashi.
Ilmiy rahbar: Turdiyev Farxod Karimovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Dadaboyev Odiljon Jalolidinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Aliyev Iskandar Baxromovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport takomillashuv bosqichidagi turli vazn toifalaridagi 15-17 yoshli malakali dzyudochilar kuch va tezkor-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning tabaqalashtirilgan metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport takomillashuv bosqichidagi dzyudochilarning musobaqa faoliyatiga tayyorgarligini oshirish uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonining turli davrlarida mushaklarning boshlang‘ich va tezlashtiruvchi kuchini (“Bedro” maxsus moslamasi) aniqlash hisobiga tezkor-kuch ko‘rsatkichlarini maqsadli takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
sport takomillashuv guruhidagi malakali dzyudochilarning tezkor-kuch qobiliyatlarini yillik siklda harakat tezligini vaqtincha pasaytirib yuqori qarshilikni yengib o‘tish, tashqi qarshiligi kichik bo‘lgan tezkorligi yuqori bo‘lgan ma’lum bir mushak guruhlarini rivojlantirishga qaratilgan kuchni rivojlantiruvchi mashqlar jamlanmasini tayyorgarlikni turli mikrosikllarida qo‘llash hisobiga har xil vaznli sportchilarni variativ tayyorlash uslubiyati takomillashtirilgan;
malakali dzyudochilarning vazn toifalari va individual hususiyatlariga qarab maxsus jismoniy tayyorgarligida yetakchi sifatlarni (55-60 kg.da harakatlarning yuqori tezlik qobiliyati kabi), ortda qolayotgan sifatlarini (66-73 kg.da murakkab koordinasion qobiliyatlar kabi), yetakchi usullarni (81-90 kg.da kuch bilan orqaga ko‘tarib uloqtirish kabi) ortda qolayotgan usullarni (100 va +100 kg.da o‘tirgan holda beldan oshirib tashlash kabi) tanlab yo‘naltirish hisobiga tezkor-kuch tayyorgarligi oshirilgan;
malakali dzyudochilarning taktik tayyorgarligini takomillashtirish uchun tezkor-kuch qobiliyati darajasini nomoyon etuvchi maxsus mashqlar asosida texnik harakatlarini individual arsenalini ularning toj usullaridan tarkib topgan majmuani o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga kiritish hisobiga bellashuvdagi hujum harakat samaradorligini oshirish imkoniyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilganligi. Yuqori malakali dzyudochilarning vazn toifalarini hisobga olgan holda, kuch va tezkor-kuch tayyorgarligini oshirish metodikasini qo‘llash natijalariga ko‘ra, ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
sport takomillashuv bosqichidagi dzyudochilarning musobaqa faoliyatiga tayyorgarligini oshirish uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonining turli davrlarida mushaklarning boshlang‘ich va tezlashtiruvchi kuchni (“Bedro” maxsus moslamasi) aniqlash hisobiga tezkor-kuch ko‘rsatkichlarini maqsadli takomillashtirish imkoniyati kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston dzyudo Federasiyasi bazasida faoliyat yuritayotgan yoshlar terma jamoasi dzyudochilarning o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 06-01/06/13/9362-son ma’lumotnoma). Natijasida jismoniy tayyorgarlik 19,5-21,4%, texnik tayyorgarlik 23,2-25,1% ga oshirishga erishilgan;
sport takomillashuv guruhidagi malakali dzyudochilarning tezkor-kuch qobiliyatlarini yillik siklda harakat tezligini vaqtincha pasaytirib yuqori qarshilikni yengib o‘tish, tashqi qarshiligi kichik bo‘lgan tezkorligi yuqori bo‘lgan ma’lum bir mushak guruhlarini rivojlantirishga qaratilgan kuchni rivojlantiruvchi mashqlar jamlanmasini tayyorgarlikni turli mikrosikllarida qo‘llash hisobiga har xil vaznli sportchilarni variativ tayyorlash uslubiyati takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilarini o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 06-01/06/13/9362-son ma’lumotnoma). Natijada Respublika birinchliklarida 3 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza medallar qo‘lga kiritilgan;
malakali dzyudochilarning vazn toifalari va individual hususiyatlariga qarab maxsus jismoniy tayyorgarligida yetakchi sifatlarni (55-60 kg.da harakatlarning yuqori tezlik qobiliyati kabi), ortda qolayotgan sifatlarini (66-73 kg.da murakkab koordinasion qobiliyatlar kabi), yetakchi usullarni (81-90 kg.da kuch bilan orqaga ko‘tarib uloqtirish kabi) ortda qolayotgan usullarni (100 va +100 kg.da o‘tirgan holda beldan oshirib tashlash kabi) tanlab yo‘naltirish hisobiga tezkor-kuch tayyorgarligi oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kolleji dzyudo bo‘limi o‘quvchilarining o‘quv-mahg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 06-01/06/13/9362-son ma’lumotnoma). Natijada kuch sifatini rivojlanish darajasi 25,01 % ga o‘sish kuzatildi, tezkor-kuch sifatini rivojlanish darajasi 20,76 % ga o‘sishga erishilgan;
malakali dzyudochilarning taktik tayyorgarligini takomillashtirish uchun tezkor-kuch qobiliyat darajasini nomoyon etuvchi maxsus mashqlar asosida texnik harakatlarini individual arsenalini ularning toj usullaridan tarkib topgan majmuani o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga kiritish hisobiga bellashuvdagi hujum harakat samaradorligini oshirish imkoniyati takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabining o‘quv-mashg‘ulot jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 06-01/06/13/9362-son ma’lumotnoma). Natijada texnik-taktik tayyorgarlik darajasi ko‘rsatkichlari 24,6 % ga o‘sishga erishilgan.