Kurbonov Shavkat Xurramovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Paxtachilik mashina-traktor agregatlari kabinasining titrash va shovqindan himoyalash vositalarini takomillashtirish”, 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1236.
Ilmiy rahbar: Sulaymanov Sunnatulla, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Ozodaxon Muhammadsodiq qizi, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Yuldashev Orunboy Raxmonberdievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtachilik MTAlari kabinalari shovqin va titrashdan izolyasiyalovchi vositalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan texnik echimlarni ishlab chiqish yo‘li bilan operator ish o‘rnidagi shovqinni pasaytirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shovqin-titrashdan izolyasiyalash vositalarini asoslash bo‘yicha, notekis tovush maydonida o‘rnatilgan kabinaga, havo va u mahkamlangan tuzilma orqali kiradigan shovqin darajalarini hisoblash matematik modeli ishlab chiqilgan;
kabina umumiy og‘irligini tayanchlariga taqsimlanishini hisobga olgan holda, titrash darajalarini hisoblash matematik modeli ishlab chiqilgan;
titrash darajalarini hisoblash matematik modeli asosida kabina umumiy og‘irligini tayanchlariga taqsimlanishini hisobga olgan holda traktor ostoviga titrash izolyatorlarni joylashtirish va mahkamlash sxemasi ishlab chiqilgan;
paxtachilik MTA operatorlari ish o‘rnida shovqin va titrashni pasaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik echimlar texnik-iqtisodiy samaradorligi “xavflar maydoni” xavfli omillarining insonga ta’siri natijasi asosida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtachilik mashina-traktor agregatlari(MTA) operatorlari ish o‘rinlarida shovqin va titrashni pasaytirishning texnik echimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalari asosida:
paxtachilik MTAlari traktorining shovqin-titrashni izolyasiyalovchi texnik vositalarini operator kabinasiga shovqin va titrashni kirish kanallarini izolyasiyalovchi panellar va titrash izolyatorlarini, kabina atrofidagi shovqin maydoni, shovqin manbalarini kompanovkasini, kabinani og‘irlik markazi koordinatalarini hisobga olib, ilmiy asoslangan hisoblash shartlari, o‘rnatish sxemasi va ishlangan gazlarni chiqarish trakti shovqinini va kamaytiruvchi shovqin o‘chirg‘ich maket namunasini texnik samaradorlik ko‘rsatgichlari amaliyotda joriy etish uchun “Qishloq xo‘jalik mashinasozligi loyihalash-texnologik markaziga” va “Oʻzagrolizing” AJ taqdim etilgan (“Oʻzagrolizing” AJning 2023-yil 10-martdagi 11-06/114-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shlab chiqilgan texnik echimlar ish joyidagi shovqin darajasini 79dB bo‘lishini ta’minlaydi, traktor haydovchisi mehnat unumdorligini ortishi, kadrlar qo‘nimsizligini keskin kamayishi, kasb kasalliklari va vaqtinchalik ishga yaroqsizlik xarajatlarini qisqarishi evaziga 1 200 397 500 so‘m yillik iqtisodiy samara berdi.