Taravade Abxijitning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tut mevasini quritish uchun infraqizil qurilmani takomilashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3039.
Ilmiy rahbar: Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ikromali Tojimatovich, texnika fanlari doktori; Kurbanov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tut mevalarini quritish uchun infraqizil qurilmani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tut mevasini IQ-nur yordamida quritishda samarali namlik diffuziyasi koeffisienti harorat va quvvatga bog‘liq holda 2,58×10-9...8,37×10-9 m2/s oralig‘ida o‘zgarishi aniqlangan; 
tut mevasini quritish jarayoni zamonaviy Comsol Multiphysics 5.5 dasturida yordamida matematik modellashtirilgan;
IQ-quritish jarayonini Peydj modeli eng yaxshi tavsiflaydi, bunda eng yuqori o‘rtacha R2 (0,99882), eng past o‘rtacha χ2 (2,89×10-4), RMS (9,86×10-4) hamda faollanish energiyasi 53,97 kj/mol ekanligi aniqlangan;
tut mevasining biologik faol moddalarni 90-95% gacha saqlash imkonini beruvchi quritish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tut mevalarini quritish uchun konvektiv infraqizil quritish qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tut mevalarini quritish uchun energiyatejamkor texnologiyasi «Sunny Land Products» MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 4 yanvardagi 04-1/01-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali IQ texnologiyasidan foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish 1,1 barobarga oshirish va xomashyo yo‘qotilishi 12% gacha kamaytirish imkonini bergan;
tut mevalarini quritish usuli «Sunny Land Products» MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 4 yanvardagi 04-1/01-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali usuldan foydalanish natijasida yakuniy mahsulot tarkibidagi biologik faol moddalar 90-95% gacha saqlab qolish imkonini bergan;
tut mevalarini quritish uchun takomillashtirilgan infraqizil qurilma «Sunny Land Products» MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 4 yanvardagi 04-1/01-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, IQ nurlatgichlarning maqbul joylashuvini to‘g‘ri tanlash hamda takomillashtirilgan energiyatejamkor quritish qurilmasini amaliyotga joriy etilishi hisobiga mavjud texnologiya va qurilmalarga nisbatan 1,25 baravar kam energiya sarflashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish